“YIL SARHISOBI: ERISHILGAN NATIJALAR VA VAZIFALAR” MAVZUSIDAGI MAXSUS SESSIYA

03.01.2025

“Munosib kadrlar bilan barcha masalalar yechiladi. Bizning vazifamiz – bozor talablariga mos, malakali mutaxassislarni tayyorlab berish!”

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Xalqaro press klubning “Yil sarhisobi: erishilgan natijalar va vazifalar” mavzusidagi maxsus sessiyada ishtirok etdi.

Unda 2024 yili sohadagi o’zgarishlar, yangiliklar tahlil qilinib, oldindagi rejalar haqida so’z yuritildi.