YOSH IJODKORLAR ELEKTRON KITOBI UCHUN HIKOYALAR VA SHE’RLAR TANLOVI
23.04.2020Germaniya tashqi ishlar Vazirligi tomonidan tanlov e’lon qilinadi („ICH HABE EINEN TRAUM – I HAVE A DREAM“ – E-Book-Projekt des Auswärtigen Amts).

Kitob va hikoyalarni yaxshi ko’rasizmi? Shu bilan bir qatorda yozishni yoqtirasizmi?
Unda Germaniya Tashqi ishlari vazirligi Sizni 6- marotaba chop etiladigan «Yosh bolalar va o’smirlar elektron kitobi uchun hikoyalar va she’rlar tanlovi» da o’z matningiz, yoki qisqa hikoyangiz, insholaringiz va yoki she’rlaringiz bilan ishtirok etishga taklif qiladi.
Yosh chegarasi: 6 yoshdan 19 yoshgacha
Mavzu: Mening orzuim
Asosiy til: nemis va ingliz tillari
Hujjat topshirish muddati: 01.07.2020
6-10,
11-14 va
15-19 yosh kategoriyalaridagi uchta eng zo’r hikoya, she’r yoki kichik asar elektron kitobda chop etiladi va Germaniya Tashqi ishlari vazirligining maxsus sovrini bilan taqdirlanadi.
Batavil m’lumot uchun:
https://www.auswaertiges-amt.de/de/aamt/zugastimaa/aa-ebook-ich-habe-einen-traum/272674
1 Comment so far
Jump into a conversationAssalom alaykum. Ijod namunalarini qanday tartibda jonatish kerakligi haqida to’liqroq ma’lumot bersangiz.