3 вещи, которым меня научила авиакатастрофа

09.10.2019

Рик Элиас

Рик Элиас сидел в первом ряду в самолёте рейса 1549, который совершил аварийную посадку в реку Гудзон в Нью-Йорке в январе 2009. Какие мысли пришли ему в голову пока обречённый самолёт падал вниз? На конференции TED он впервые рассказывает свою историю публично.

(Video subtitrlar orasida o’zbek tilini ham topishingiz mumkin)

Uzbek Subtitles:

0:01 — 0:06
Ulkan portlashni tasavvur qiling,
3,000 fut balandlikka chiqqaningizda.¶
0:07 — 0:10
Tassavur qiling – tutunga to’lgan samolyot.
0:10 — 0:13
Tasavur qiling dvigatel qarsillayapti —
qars, qars, qars, qars.
0:14 — 0:16
Qo’rqinchli eshitiladi.
0:16 — 0:18
Men o’sha kuni alohida o’rindiqda edim.
0:18 — 0:20
Men 1D da o’tirgan edim.
0:20 — 0:23
Styuardessalar bilan faqat men suhbatlasha olardim xolos.
0:23 — 0:25
Shu bois ularga darhol qaradim,
0:25 — 0:28
ular «Muammo yo’q. Qushlarga urilib ketdik, shekilli» dedi.
0:28 — 0:30
Uchuvchi allaqachon samolyotni ortga burgan,
0:30 — 0:31
biz uncha uzoqda emasdik.
0:31 — 0:33
Manhetten ko’rinib turardi.
0:34 — 0:35
Ikki daqiqa o’tgach,
0:35 — 0:37
bir lahzada uchta hodisa ro’y berdi.
0:39 — 0:42
Uchuvchi samolyotni Hadson daryosi ustiga olib keladi.
0:43 — 0:45
Odatda bu yo’ldan uchilmasdi.
0:45 — 0:47
(Kulgu)
0:47 — 0:48
U dvigatellarni o’chiradi.
0:49 — 0:52
Tovushsiz samolyotda
bo’lishni tasavvur qilavering.
0:53 — 0:55
So’ng u uchta so’z aytadi –
0:55 — 0:57
Men eshitgan so’zlar ichida eng ta’sirsiz so’zlar:
0:58 — 0:59
«Kamarlarni mahkam bog’lang».
1:01 — 1:04
Men styuardessaga boshqa gapirishim shart bo’lmadi.
1:04 — 1:06
(Kulgu)
1:07 — 1:09
Men uni ko’zlaridan ko’ra oldimki, bu dahshat edi.
1:09 — 1:10
Hayot tugagandi.
1:11 — 1:15
Siz bilan o’sha kuni o’zim haqimda bilib
olgan uchta narsani baham ko’rmoqchiman.¶
1:16 — 1:18
Bildimki, hammasi bir lahzada o’zgarar ekan.
1:20 — 1:21
Bizning bir uyum ro’yxatimiz bor,
1:21 — 1:24
hayotimizda qilishimiz kerak bo’lgan ishlar bor,
1:24 — 1:27
barcha uchrashmoqchi bo’lgan, lekin uchrasha olmagan insonlarni o’yladim,
1:27 — 1:29
tuzatmoqchi bo’lgan barcha ishlarim haqda,
1:29 — 1:32
barcha men his qilishni xohlagan,
va ulgurmagan narsalarni o’yladim.
1:33 — 1:36
Shu haqida keyinroq o’ylar ekanman,
1:36 — 1:37
bir fikr hayolimga keldi,
1:37 — 1:40
«Endi men vinoning yomonini keyinga olib qo’yaman».
1:40 — 1:43
Ya’ni, yaxshi vino bo’lsa hozir bo’lsa,
men uni kechiktirmay ochaman.
1:43 — 1:46
Men endi hayotimda hech narsani keyinga surmayman.
1:47 — 1:50
Va mana shu zarurat, mana shu maqsad butun hayotimni o’zgartirdi.
1:51 — 1:53
O’sha kuni o’rgangan ikkinchi narsam –¶
1:53 — 1:56
biz Jorj Vashington ko’prigini chetlab o’tar ekanmiz,
1:56 — 1:58
tegib ketishimizga sal qolgan edi.
1:58 — 2:00
(Kulgu)
2:00 — 2:03
Men o’ylab qoldim, eh, men bir narsaga juda ham afsusdaman.
2:04 — 2:05
Men yaxshi hayot kechirdim.
2:05 — 2:07
Barcha insonlarga xos xatolar qildim.
2:07 — 2:10
Harakat qilgan hamma narsada yaxshiroq bo’lishga urindim.
2:10 — 2:13
Lekin insonlarga xos holda, ba’zan xudbinlik ham qildim.
2:14 — 2:18
Va men isrof qilgan vaqtimga achindim: ahamiyatsiz bo’lgan narsalarga
2:18 — 2:20
muhim insonlardan kechib.
2:21 — 2:23
Va men rafiqam haqida o’yladim, do’stlarim,
2:23 — 2:25
odamlar bilan munosabatlarim
2:26 — 2:28
haqida o’ylagach, men hayotimdagi
2:28 — 2:30
salbiy energiyani yo’q qilishga qaror qildim.
2:30 — 2:33
Bu mukammal bo’lmasa ham, ancha yaxshi.
2:33 — 2:36
Ikki yildan beri rafiqam bilan janjallashmadim.
2:36 — 2:37
Zo’r bo’larkan.
2:37 — 2:39
Men endi haq ekanligimni isbotlashga emas,
2:39 — 2:41
baxtli bo’lishga intilaman.
2:42 — 2:44
Men o’rgangan uchinchi narsa –¶
2:44 — 2:48
va bu xuddi sizning miyangizdagi soatga o’xshaydi — yura boshlaydi: “15, 14, 13.”
2:48 — 2:49
Suv yaqin kelayotganimizni
2:49 — 2:51
ko’rishingiz mumkin edi.
2:51 — 2:53
Men buni 20 bo’lakka aylanishini xohlamayman,
2:53 — 2:55
bu o’sha hujjatli filmlardagidek kabi edi.
2:56 — 2:58
Va biz pasayganimiz sari,
2:58 — 3:03
menda shunday his tug’ilardi — o’lish qo’rqinchli emas ekan.
3:03 — 3:06
Biz xuddi butun hayotimiz davomida shunga tayyorlangandek.
3:07 — 3:08
Lekin juda qayg’uli edi.
3:08 — 3:10
Ketishni xohlamasdim, hayotimni sevardim.
3:11 — 3:15
Va bu qayg’u bir fikrda jamlandi,
3:15 — 3:18
ya’ni men faqat bir narsani — farzandlarimning
3:19 — 3:21
ulg’ayishlarini ko’rishni istayman.
3:22 — 3:26
Taxminan bir oydan so’ng men
qizim qatnashgan tomoshada edim –
3:26 — 3:29
birinchi sinf o’quvchisi, yuksak artistik mahorat egasi
3:29 — 3:30
emas…
(Kulgu)
3:30 — 3:31
… hozircha!
3:31 — 3:33
(Kulgu)
3:33 — 3:37
Va men ho’ngrab yig’layapman,
xuddi yosh boladek.
3:38 — 3:40
Shu payt men uchun eng ahamiyatlisi shu edi.
3:41 — 3:44
O’sha paytda ana shu ikki nuqtani birlashitirish orqali angladimki,
3:44 — 3:47
menga hayotimda eng ahamiyatli bo’lgan narsa bu
3:47 — 3:48
yaxshi ota bo’lish ekan.
3:49 — 3:52
Hammasidan ham, hammasidan ham muhimi
3:52 — 3:54
hayotimdagi yagona maqsad — yaxshi ota bo’lish.
3:55 — 3:58
Menga mo’jiza tuhfa qilindi,¶
3:58 — 3:59
o’sha kuni o’lmay qoldim.
3:59 — 4:01
Menga yana bir tuhfa berildi,
4:01 — 4:04
bu kelajakni ko’rish
4:04 — 4:05
va yana qaytib kelish,
4:05 — 4:07
o’zgacha hayot kechirish.
4:08 — 4:11
Bugun uchayotgan yigitlar, sizga taklifim, tasavvur qiling,
4:11 — 4:14
xuddi shu holat sizning samolyotingizda ro’y bersa –
4:14 — 4:15
ilohim, bunday bo’lmasin,
4:15 — 4:18
lekin tasavvur qiling, qanday o’zgargan bo’lardingiz?
4:18 — 4:19
Nima qilgan bo’lardingiz,
4:19 — 4:23
doim shu yerda qolaman deb o’ylab kechga surib yurgan qaysi ishingizni?
4:23 — 4:25
Munosabatlaringizni va ularning salbiy
4:25 — 4:26
ta’sirini qanday o’zgartirardingiz?
4:26 — 4:29
Va eng muhimi, qo’lingizdan kelgancha
yaxshi ota bo’lyapsizmi?
4:30 — 4:31
Rahmat.

4:31 — 4:34
(Olqishlar)

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

четыре × 3 =