2025-YILGI DAVLAT DASTURI LOYIHASI JAMOATCHILIK MUHOKAMASI UCHUN E’LON QILINDI
09.01.2025“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini 2025-yil — “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yili»da amalga oshirish bo‘yicha Davlat dasturi va uni tasdiqlash to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihalari keng jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi.
Davlat dasturi loyihasida 5 ta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha 2025-yil uchun 295 ta amaliy chora-tadbirlar, 87 ta normativ-huquqiy hujjatlar ro‘yxati va maqsadli ko‘rsatkichlar nazarda tutilmoqda.
Loyiha 2025-yil 22-yanvarga qadar keng jamoatchilik va ekspertlik muhokamalaridan o‘tkaziladi.
2025-yilgi Davlat dasturi loyihasi muhokamasida faol ishtirok etishni istagan fuqarolar uzbekistan2030.uz onlayn portali orqali o‘z taklif va tashabbuslarini bildirishlari mumkin.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.