ABDULLA ORIPOVNING IKKI JILDLI KITOBI AMERIKADA CHOP ETILDI

29.10.2021

O‘zbekiston Qahramoni, xalqimizning ardoqli ijodkori, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovning she’rlari dunyoning ko‘plab tillariga tarjima qilingan. Yaqindagina ustoz shoirimizning «Men nechun sevaman O‘zbekistonni?» birinchi jild hamda «Jannatga yo‘l» ikkinchi jild she’riy to‘plami AQShning «PRODIGY PUBLISHED» nashriyotida qirg‘izistonlik iste’dodli shoir Rahim Karim tarjimasi bilan chop etildi.

Har ikkala jild o‘zbek, qirg‘iz, rus va ingliz tillarida ekani diqqatga sazovordir. Hassos shoirimizning ushbu ikki tomli kitoblari ustozning tanlangan she’rlari, dramatik dostonlaridan iborat bo‘lib, birinchi jildi so‘zlarining muallifi Abdulla Oripov bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi bilan ochiladi.

Shuningdek, ikki jildli bu kitoblarga so‘zboshi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «Men Qashqadaryoda tug‘ilib voyaga yetgan qahramon shoirimiz Abdulla Oripov bilan yaqin do‘st, ijodining chinakam muxlisi bo‘lganimdan doimo faxrlanaman. Ulug‘ shoirimiz: “Toleimga bitgan Qashqadaryomsan”, deb tug‘ilgan yurtini cheksiz ardoqlar edi. OCHIG‘INI AYTSAM, MENGA SHU KUNDA ABDULLA ORIPOV KABI INSONLAR YETISHMAYAPTI… U kishi Qashqadaryoni juda maqtar, elini yaxshi ko‘rardi. Biz Abdulla aka bilan Zominda yosh ijodkorlar uchrashuvlarini tashkil qilgandik, Zomin ijodkorlar maktabi an’ana tusiga kirdi. Men yaqinda mehmon bo‘lib kelgan AQSh kongressmenlari bilan uchrashuvda Amerikada Abdulla Oripov muzeyini ochish taklifini bildirdim. Ular bu masalada yordam berishlarini aytishdi. Bilasiz, Abdulla aka AQShda vafot etgan. Endi o‘sha davlatda ham yaxshi bir muzeyini tashkil qilsak, u kishining xotirasi uchun munosib ish bo‘lardi. Nasib qilsa, Amerikaga borib shu muzeyni ochib kelamiz…» degan so‘zlari bilan boshlanishi kitobxon uchun yanada ahamiyatlidir.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

seventeen − 12 =