The International Water, Sanitation Hygiene Foundation talabalarni 2020-yilgi “IWSH Essay Scholarship Contest” insholar tanloviga qatnashishga taklif etadi. Insholar tanlovi kollej va universitetda ta‘lim olayotgan yoki yuqori sinfda o‘qiyotgan o‘quvchi-talabalar uchun mo‘ljallangan.
Tanlovning umumiy mukofot jamg’armasi — 2250 USD.
Tanlov kimlar uchun: O‘quvchi va talabalar uchun
Tanlovda g‘olib bo‘lgan nomzodlarga quyidagi mukofotlar beriladi:
1-o‘rin:
● 1000 USD mukofot beriladi.
● IWSH rasmiy sahifasida essesi e’lon qilinadi.
● Bir yil IAPMO ga a’zo bo’ladi.
2-o‘rin:
● 750 USD mukofot beriladi.
● IWSH rasmiy sahifasida essesi e’lon qilinadi.
3-o‘rin:
● 500 USD mukofot beriladi.
● IWSH rasmiy sahifasida essesi e’lon qilinadi.
Nomzodlar quyidagi talablarga mos bo‘lishi kerak:
1. Barcha davlat fuqarolari ariza bera oladi.
2. Yuqori sinf o‘quvchisi/universitet/kollejda o‘qiyotgan nomzodlar ariza topshirishlari mumkin.
3. Nomzod o‘qishga kirganligi/o‘qiyotganligi haqida hujjat va baholari ko‘rsatilgan ma‘lumotnomani taqdim eta olishi kerak.
Insholar ingliz tilida yoziladi.
Batafsil ma’lumot uchun havola: http://www.iwsh.org/hidden/iwsh-essay-scholarship-contest/
1 Comment so far
Jump into a conversationIngliz tili