AQSHNING LEHIGH UNIVERSITETI INGLIZ TILI MUTAXASSISI JAHON TILLARI UNIVERSITETIDA FAOLIYAT OLIB BORADI

30.08.2024

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida AQShning Lehigh universitetidan jalb qilingan ingliz tili mutaxassisi Stephen Deduck bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

O’zDJTU rektori I.To’xtasinov Stephen Deduckga universitet faoliyati va yoʻlga qoʻyilgan xalqaro hamkorliklar haqida ma’lumot berib, mutaxassis bilan professional faoliyat bilan bog’liq bir qator masalalarini muhokama qildi.

Jumladan mutaxassis bilan OʻzDJTU pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazida va Ingliz tili fakultetida ingliz tilini o’qitishni takomillashtirish ishlarida faol ishtirok etish, turli to’garaklar faoliyatini yo’lga qo’yish va mahalliy professor-o’qituvchilar uchun mahorat darslari tashkil qilishda yordam berish masalalari muhokama etildi.

O’z navbatida AQShlik mutaxassis Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida faol ishlashga tayyorligini ma’lum qildi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

10 + 15 =