2019-yilning 20-22-sentabr kunlari O’zbekistonning Navoiy shahri, Navoiy viloyatida “Xalqaro yoshlar konferensiya”si bo’lib o’tadi.
“Xalqaro yoshlar konferensiya”si 6 xalqaro tashkilot va O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi simulyatsiyasi hisoblanadi. Dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida o’tkazib kelinayotgan xalqaro miqyosdagi konferensiya sifatida tan olingan.
Konferensiyani o’tkazishdan ko’zlangan maqsad dunyo yoshlarini bir maqsad yo’lida birlashtirish, ularda liderlik va intellektual qobiliyatlarni shakllantirish, shuningdek, ularda mavjud bo’lgan bilim va salohiyatlarini namoyon qila olish qobiliyatini yuzaga chiqarish, bundan tashqari, mamlakatimiz yoshlariga xorijiy mamlakatlardan tashrif buyuradigan yoshlar bilan fikr almashish imkoniyatini taqdim etish, do’stlar orttirish, qolaversa, yoshlarni xalqaro qonunchilik tamoyillari bilan yaqindan tanishtirish, ularning huquqiy ongi va salohiyatini yuksaltirish, yurtimiz ravnaqi yo’lida munosib hissa qo’shish yo’lidagi sa’y-harakatlarini rag’batlantishdan iboratdir.
Konferensiyaning asosiy hamkor tashkiloti BMT ning O’zbekistondagi vakolatxonasi hisoblanadi. Anjumandagi jami ishtirokchilar soni 400 nafar (ulardan 100 nafari xorijiy mamlakat fuqarolari) etib belgilangan.
Nomzodga qo’yiladigan talablar
- Konferensiyada 17-28 yosh orasidagi yoshlar qatnashishi mumkin;
- Ishtirokchilar o’zbek tili bilan bir qatorda xorijiy tillardan (ingliz yoki rus) birida erkin muloqot qila olishi darkor;
- Ishtirokchilar siyosat, huquq, iqtisodiyot va gumanitar sohalardan xabardor bo’lishi lozim;
- Ishtirokchilar konferensiya kunlari (20-21-22 Sentyabr, 2019) Navoiy shahrida bo’lishi talab etiladi.
Ariza topshirish muddati: 2019-yil 25-avgustgacha.
Konferensiya haqida batafsil ma’lumotni quyidagi havola orqali olishingiz mumkin: wycnavoi.uz
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.