BUYUK SHOIR, OLIM, DAVLAT ARBOBI VA MOHIR SARKARDA ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR TAVALLUDIGA 541 YIL TO‘LDI

14.02.2024

Bugun jahon tarixida o‘chmas iz qoldirgan buyuk shoir, olim, davlat arbobi va mohir sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga 541 yil to‘ldi.

Zahiriddin Muhammad Bobur – Andijonda 1483 yil 14 fevralda tugʻilgan. Amir Temurning beshinchi avlodi, Fargʻona hukmdori Umarshayxning farzandi. Bobur 12 yoshda taxtga chiqdi. 1503—1504 yillarda Afgʻonistonni egalladi. 1519—1525 yillarda Hindistonga 5 marta yurish qiladi. Uch asrdan ortiq davom etgan boburiylar saltanatiga asos solgan, 26 dekabr 1530 yil Agra, Indiyada vafot etkan. Qabri keyinchalik vasiyatiga koʻra Qobulga koʻchirilgan.

Uning lirikasi  insonning go‘zalligi va muhabbati haqidagi qo‘shiqdir. U o‘z asarlarida chin, halol, vafodor insonni ulug‘laydi, adolatli va munosib odamni yuksaltiradi:

Har kimki, vafo qilsa — vafo topqusidur!
Har kimki, jafo qilsa — jafo topqusidur!

Yaxshi kishi ko‘rmagay yomonlik hargiz,
Har kimki, yomon bo‘lsa — jazo topqusidur!