DIQQAT, JURNALISTLAR O‘RTASIDA TANLOV!

28.05.2019

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi tanlov e’lon qildi.


O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi mamlakatimizda aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish, aholi huquqiy savodxonligini oshirish, Davlat xizmatlari markazlari faoliyatini yoritishga o‘zining munosib hissasini qo‘shayotgan ijodkorlarni aniqlash va ularni rag‘batlantirish maqsadida an’anaga aylanayotgan “ENG FAOL DAVLAT XIZMATLARI TARG‘IBOTChISI” tanlovini e’lon qiladi. 

Tanlovga 2019-yilning 1-yanvar kunidan 25-avgust kuniga qadar yoritilgan quyidagi ma’lumotlar qabul qilinadi:


• bosma ommaviy axborot vositalarida chop etilgan maqolalar;
• internet veb-saytlarida yoritilgan tahliliy-targ‘ibot materiallari;
• televideniye va radio kanallari orqali e’lon qilingan materiallar.
Tanlov ishtirokchilarining ishlari quyidagi mezonlar asosida baholanadi:
• Targ‘ibotga noan’anaviy (kreativ) yondashganlik;
• Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimining mazmun-mohiyati va afzalliklarini keng qamrovli yoritganlik;
• Respublikamizning barcha shahar va tumanlaridagi Davlat xizmatlari markazlari faoliyatini faol, tahliliy va ta’sirchan materiallar asosida yoritganlik;
• Targ‘ibot materiallari orqali imkon qadar ko‘p aholini qamrab olganlik.


Tanlovga taqdim etilgan ijodiy ishlarga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi lozim:
• muallif haqida qisqacha ma’lumot;
• muallifning soha faoliyatini yoritishga oid materiallari (bosma ommaviy axborot vositalarida chop etilgan maqolalar, internet veb-saytlarida yoritilgan tahliliy-targ‘ibot materiallari, televideniye va radio kanallari orqali e’lon qilingan materiallar) nusxalari, xavolalari ro‘yxati;
• muallifning manzili va bog‘lanish telefonlari.
• Targ‘ibot materiallari orqali imkon qadar ko‘p aholini qamrab olganlik.


Tanlovga materiallar joriy yilning 25-avgust kunigacha qabul qilinadi. 
Tanlov g‘oliblari O‘zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni bayrami arafasida taqdirlanadilar. 
Ijodiy ishlar “Eng faol davlat xizmatlari targ‘ibotchisi” tanloviga deb ko‘rsatilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligiga quyidagi elektron pochta manzili orqali yuborilishi lozim. 
Elektron pochta manzili: press.davxizmat@mail.ru

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

5 × 1 =