DIYDOR

25.11.2021

Yangi yilga ham vaqt oz qoldi.  Bugun yaqin insonim bilan Qashqadaryoga, oilam bag`riga qaytyapman. Ikki ming yigirmanchi yilda ozgina yutuqlarga erishdim: o`qishga kirdim, oliygohda do`stlar orttirdim, mehribon ustozlar, kursdoshlar, jamoa… lekin, afsus, yo`qotishlar ham bo`lmadi emas…

Yo`lda ketayotib yuragim urishi tezlashganini, qalbim go`yo uy tomon talpinayotganini angladim. Ota-onam, qarindoshlarimni juda sog`ingandim. Mashina tezroq yursa-yu, uydagilarni qattiq quchoqlab qo`yib yubormasam…

   Atrofga qarab turib hayolimga birdan yomon fikr keldi.

– Hozir mashina yo’l transport hodisasiga uchrasa-ya?

– Yoki yuragim urushdan to’xtab qolsa-chi?!

Shularni o`ylaganimdan birdan ko`z o`ngim qorong`ulashib ketdi. Nimalardandir alamzada ham bo`ldim. Yo’q, men uydagilarni juda sog`inganman. Ularni albatta ko`rishim kerak .

-Tavba qildim. Nimalar haqida o`ylayapman-a? Axir men hali ko`p ishlar qilishim kerak, deb ikki qulog`im uchini ikki qo`lim bilan ushladim.

Mashina derazasidan atrofga qarab o`yga sho`ng`iganimni his qildim… Qishlog`imizda Rustam akalar xonadoni bo`lardi. O`rtaxol, biroq ahil oila. Oilada ikki o`g`il: to`ng`ichi Salim aka, uylangan, farzandi bor; keyingisi Muhammad, maktabni tugatgan. Mehribon, epchil Umri xola esa Rustam akaning rafiqasi.

Erta bahor. Doimgidek qishloqlarda o`ziga xos tashvish. Salim uyg`onganda xotini Sevar namoz o`qiyotgandi. Namozni tugatib, dasturxon yozmoqchi bo`ldi, qarasaki, dasturxonda ozgina qotgan non,  yarmi yeyilgan olma uyog`-buyog`i shira-yu yog` bo`lgan  ro`molcha va dasturxon yozilarli darajada emasdi. Kecha bo`lgan dilxiralikdan keyin dasturxonni yuvish uchun olib chiqqandi, biroq ro`zg`or tashvishi va ishlar bilan bo`lib yodidan ko`tarilibdi. Dasturxonni ochdi-yu, yuragi orqasiga tortdi.

– qanday qilib kir dasturxonda nonushta tayyorlashini o`yladi, ….hijolat bo`ldi.

– endi nima qilaman? Oyim aniq urishadilar!

U esankirab qolgandi. Choynakning ovozidan xushyor tortdi.

– Ey, bu bo`lmasa boshqasi bor-ku, o`shani yozarman. Charchabman shekilli,  dedi o`ziga o`zi .

Oila stol atrofiga jam bo`ldi. Salim yana so`z boshladi:

– Dadajon! ayajon! Ishlar ancha yengilladi.. Endi qishloqda yursam ham yoki ishga tushsam ham kunim o`tadi. Endi ishlab uy-joy,  nasib qilsa, moshina olib… deb arang past ovozda gapini tugatdi.

Rustam aka:

– Qayerga ishga  bormoqchisan?

– Qozog`istonga

– Kim bilan? Biror kim aytgandir-da?

– Jo`ralarim ketishayotishgan ekan. Menga ham yur deyishyapti. Ular uch-to’rt yildan beri borib ishlab kelishyapti. Hammasi uy-joyini sozlab olgan, hammasining mshinasi bor. Men hali bitta velosiped ham ololganim yo`q.

Rustam akaga Salimning oxirgi gapi yomon ta`sir qildi. Esitgan jumlasi bir necha marotaba qulog`i ostida jarangladi. Yurak-bag`ri ezildi. Nima ham qilardi. Yaxshi daromad topadigan doimiy kasbi bo`lmasa, amallab, yollanib, u yog`-bu yog`da ishlab ro`zg`or tebratyapti.

Uydagilardan rozilik olib, Salim pul toppish maqsadida ishga ketdi. Qozog`istonda ishlay boshladi. Kunlar ham, oylar ham o`tdi.

Oradan ancha vaqt o`tdi. Umri xola Salimni juda sog`indi. Unga oxiri telefon qildi. Salimning ishdan ortib, bo`sh vaqt topib, bog`lanishiga sabri yetmadi. Ko`zlariga yosh olib:

– Jonim bolam! Yaxshimisan?  Ishlaring yaxshimi? Ishlar bilan  charchamayabsanmi?

– Salom onajonim. Yaxshiman. Charchaganim yo`q. Ishimiz oson, unchalik qiyinmas.

– O`zingiz yaxshimisiz?

– Yaxshiman. Sening tovushingni eshitgim kelib, telefon qilyapman.

– Qachon qaytasizlar? Ketganingga ham sakkiz oy bo`ldi. O`g`ling Sarvarjon ancha esini tanib qolgan.

– Men ham  sizlarni juda sog`indim. Yana ozroq ishlay. Ishimiz tugashi bilan boramiz.

– Kelsang, o`zimizda ham ishlasang bo`lardi.

– Yaqin kunlarda boramiz.

– Mayli bolam sog` bo`l, ishdan qoldirmay.

– Siz ham sog` bo`ling. Hammaga salom ayting dedi-yu, titroq tovushini, ko`z yoshini zo`rg`a tiydi.

Umri xola Salimni doim yonida ko`rib o`rganib qolgan edi. Salim yil bo`yi shu qishloqlarda ishlab, uyiga kech qaytardi. Umri xolaning  qizi yo`qligi uchun sirdoshi ham, dardkashi ham o`g`li edi.

Salim ham onasi kabi kun sanardi. Umri xola esa tez-tez telefon qilib, o`g`lining xolidan xabar olib turardi. Rustam aka:

– Hadeb telefon qilaverasanmi? Qo`y, indama, ishlayversin. Ichini qizitaverib, ishidan qo`yma! 

– Hop dadasi, boshqa telefon qilmayman shu bolayizga. Yaxshiyamki, o`zim telefon qilib eslab turaman, bo`lmasa esiga ham tushmayman. Bemehr chiqdi. Kap-katta bo`lib qoldi,  yosh bola bo`lsa ekan unga: uyinga tez-tez telefon qilib, ota-onang, xotiningdan xabar olib tur deb o`rgatsam. Erkak zoti shunaqa ekanda, deb kesatib qo`ydi.

– Sen ayol bo`sang, jimgina o`tir. Erkaklarning ishiga aralashma. O`zi shusizam oxirgi paytlarda ayollarning tili chiqib ketyapti. Naq 2 qarich-a?

– Ayollarni nega buncha yomon ko`rasiz? Tovba… Aybimiz pul topmay, uyda o`tirganimizmi?

Rustam aka Umri xolaga yomon qarab qo`yib, chiqib ketdi. Umri xola qanday gapirganini o`zi ham sezmay qoldi.

  • Voy tilim qursin. Nimalar qilib qo`ydim?!

Oradan ancha vaqt o`tdi. Salim kun sanardi.

– Bugun yigirma to’qqiz

– Kecha yogirma sakkiz

Umri xolaga ham kunlarning o`tishi qiyin edi, u ham kun sanardi.

– Kelin Bugun sana nechchi?

– Bugun yigirma besh

– Kunning o`tishi ham qiyin-ey.

– Oyijon Kun juda tez o`tadi. Ertalab turib choy ichib, ovqat qilguncha kech bo`ladi.

Salimning ham ishini tugatib qaytishiga ikki kun qoldi. Yuragi uy tomon talpinayotibdi. Ota-onasiga, oilasiga sovg`alar olish uchun magazinga bordi. Hammaga sovg`a oldida, farzandiga nima olishni bilmadi. Bu yerlarga ishlagani kelganida  endi bir yoshga to`lgandi. Hozir qanday bo`lgan ekan?! Do`konni aylana turib velosipedning oldiga kelganida to`xtadi. O`g`liga  velosiped olib bormoqchi. Asl maqsadi ham  shu edi. Ishga kelganidan beri aylanish, ziyofatlarga bormay, yig`gan puliga o`g`liga velosiped olib berish edi. U yoshligida velosipedga juda qiziqardi. Orzu qilardi. Butun qishloqda atiga bir-ikki ta boylarning bolalarida bor velosiped. Ularning orqasidan esa, butun qishloq bolalari ergashib yugurardi. Salim ham velosipedning ortidan ergashib yugurganini, unga  minish uchun  Umri xolaning  mehmonlar uchun olib qo`ygan qovurdoqlari evaziga bir marta mingan? Shu damlarda dunyoda undanda baxtiyor inson yo`q edi. Bir kuni kechasi uylariga mehmon kelganda shunaqangi jazavaga tushgandi. Shunda Salim:

– Ey, xudo, ilohim mehmon ketmasaydi deganlari esiga tushib  kuldi o`zicha.

…Ertasi kuni ular ishni yakunlashlari kerak edi. Ish kutgandan ham oldin bitdi. Hamma o`z uyi, o`z oilasi oldiga shoshilardi. Salim oilasini juda sog`ingan, shunday sog`inganki, yurakalari hapiriqib ketyapti.

Brigadir kelib hammalariga yerdan turib rahmat aytdi.

– Barakalla yigitlar. Juda zo`r. Sizlarga yana bitta topshiriq. Bizda yana shunaqa bino bor uni ham o`zlariz qurasizlar.

– Aka bo`ldi qurib beramiz!. Lekin biz avval uyimizga borib uydagilar bilan ko`rishib, ozroq dam olib kelaylik. Keyin kelib qurib beramiz, dedi Salimning do`sti Odil. Brigadir ularga tayinlagancha ketdi. Barcha ovqatga pastga tushayotganida, baqirib bir nima yerga tushdi-yu, hammayoqni sukunat egalladi. Hamma Salim  deb baqirdi birdaniga.

Yerda qonga belangan Salim va uni qurt-qumursqadek ezgan  qonxo`r tosh turardi. Uning ko`zlari katta-katta ochilgan va ko`zidan yosh aralash qon chiqar edi. Hecg kim bunga qarab bardosh berolmadi. Odil:

– Undan ko`ra senga ertalab zaxar berib, tinchgina o`ldirib qo`ysam bo`lmasmidi-ya. Qanday ko`rgilik bu?

– Nima bu o`lim, do`stim! Shunday azob tortingmiya? Yetdim deganda yiqilib… Onangga nima deyman? Ayt, ayt axir…

– Ey bevafo dunyo! Nega shunday-a?! Hayotdan ko`z yumar ekan,… avval uyiga borib, ota-onasini ko`rib, diydorlashgandan keyin joni uzilsa bo`lmasmidi? to’rt kunlik umr bo`lsa, meni umrimdan olsang bo`lmasmidi? Yuragida armon qoldi. Hamma yerni yig`I, dod-faryod tutdi. Qorovulxonada uxlab yotgan chol bu faryoddan cho`chib, uyg`onib ketdi. Nima bo`lganini ko`rgani keldi-yu dahshatga tushdi. Diydasi qattiq bu inson mayitni ko`rib ko`zlarida yosh aylandi. Mayit oldiga borib:

– Ko`zi ochiq qolibdi, tupro`q olib keling dedi va tuproq surtdi. Qancha urinishmasin baribir ko`zi yumilmadi. Go`yo murda ularga nimalarnidir aytmoqchi-yu, lekin uning joni tili yo`qdek. Uning ko`zlarida o`kinch bor edi. Jasadning dunyodan umid uza olmaganligi, yashagisi kelganligi, oilasi diydorini sog`inganligi bilinib turardi.

Qishloqda bu shum xabar tez tarqaldi. Rustam aka bundan bexabar edi. Umri xola o`g`li kelishiga jiddiy tayyorgarlik ko`rayotgandi. Oqsoqol keldi-da, Rustam akani chaqirdi. Tili aylanmay, o`g`lining kelishini kutayotgan otaga farzandi ko`z yumganini qanday qilib aytishni bilmasdi. Buni yetkazish nihoyatda og`ir, lekin aytmasa bo`lmaydi. Arang ko`zlariga yosh olib bu xabarni Rustam akaga yetkazdi. Aytish oson bo`lmadi. Yurak bag`ri ezilib ketdi. Dod-faryod qishloqni tutdi. Bechora ota-ona! Umri xola:

– bir kungini yashasang bo`lmasmidi? Diydoring armon bo`lib ketdi. Bir marta ko`rsaydim, armonim yo`q edi? Sen o`lguncha men o`lsam bo`lmasmidi?!…

Mayitni olib kelishdi. Hamma bir bor bo`lsa-da Salimning jonsiz tanasini ko`rishga oshiqardi. Unga qarab hech diydoriga to`yishmasdi. Mayitning ko`zi nihoyat yumildi … .

Uyga ham yetib kelibman.Oradagi vaqt asr kabi o’tdi.Oila a’zolarimni ko’rdim-u ko’nglim taskin topdi. Endi …  roziman!

Shahzod Mirzaulug’ov,
O’zDJTU Tarjimonlik fakulteti I bosqich talabasi

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

fifteen − 13 =