Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Innovatsiyalar Milliy ofisi YILNING ENG INNOVATSION tadbiri — «InnoWeek.Uz-2021» Innovatsion g‘oyalar haftaligi 23-27 noyabr kunlari o‘tkazilishini e’lon qiladi!
![](https://fledu.uz/wp-content/uploads/2021/11/8e178a860dbeea659b620b9a57286a02-1024x581.jpg)
«InnoWeek.Uz-2021» innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida korporativ aloqalar, tashabbuskor biznesga yo‘naltirilgan ko‘plab tadbirlar tashkil etiladi:
- Innovatsion-investitsion forum;
- Xalqaro interaktiv yarmarka hamda uning doirasida oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlarning ilmiy ishlanmalariga bag‘ishlangan forum;
- «Sun’iy intellekt — texnologik rivojlanish asosi» mavzusida xalqaro konferensiya.
«InnoWeek.Uz-2021» qiziqarli uchrashuvlar va tadbirlarga boy bo‘lishi kutilmoqda. Haftalik doirasida o‘tkaziladigan tadbirlarda biz bilan bo‘ling!
23-27 noyabr kunlari «InnoWeek.Uz-2021» Innovatsion g‘oyalar haftaligida innovatsiyalar olamini kashf qiling!
Manzil: Innovatsion rivojlanish vazirligi (Olmazor tumani, Universitet ko‘ch, 7).
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.