INSONIYAT TILINING KELIB CHIQISHI

24.02.2023

Doktor Kvent Atkinson tadqiqotlariga ko’ra, dunyodagi barcha tillarning paydo bo’lishi o’n ming yillar oldin Afrikada muloqotda bo’lgan tilga borib taqaladi. Bu tadqiqotning hayratlanarli tomoni shundaki, u ko’plab olimlar tomonidan tan olingan “Afrikadan tashqarida” nazariyasiga tamomila mos keladi.

Ushbu nazariyaga asosan, insoniyat, avvalo, Afrikada paydo bo’lgan, dastlab qit’a, so’ng esa dunyo bo’ylab tarqalgan. Tilning Afrikada paydo bo’lganligi haqidagi bu tadqiqot endi odamlar Afrikadan kelib chiqqan degan nazariyani qo’llab quvvatlaydi.

Doktor Kvent Atkinson haqida

U Oklend universitetida psixologiya fanlari professori, shuningdek, u yerda til, idrok va madaniyat laboratoriyasini boshqaradi. U inson madaniyati va idroki evolyutsiyasini yoritish maqsadida laboratoriya va dala tajribalari, kompyuter modellashtirish va evolyutsiya nazariyalaridan foydalanadi. Ushbu tajribalar til xilma-xilligining kelib chiqishi, dinning funksiyasi, iqlim o’zgarishi psixologiyasi, rivojlangan kognitiv qarama-qarshiliklar bizning ijtimoiy xatti-harakatlarimiz shakllanishiga qanday ta’sir ko’rsatadi va nima sababdan siyosiy tizimlar dunyo bo’ylab turlicha ko’rinishga ega kabi savollarga javob beradi. Uning tadqiqotlari psixologiya, evolyutsion biologiya, tilshunoslik, antropologiya kabi fanlarga asoslangan.

Doktor Atkinson qay yo’sinda bu xulosaga keldi?

Doktor Atkinson fonemalar ya’ni nutqda ishlatilinadigan aniq tovushlar ustida izlanish olib borgan. U dunyodagi 504 ta til haqida ma’lumot to’plab, har bir til nechta fonemani o’z ichiga olishini aniqlagan. Ma’lum bo’lishicha, Afrikaning Sahroyi Kabirga tutash hududlarida amalda bo’lgan til boshqa tillarga qaraganda ko’proq aniq tovushlar ya’ni fonemalarni o’z ichiga oladi. Misol tariqasida aytish mumkin, Janubiy Afrikada muloqotda bo’lgan san bushman tili 200 ta fonemani o’z ichiga oladi, ingliz tilida esa bu ko’rsatkich 46 taga teng. Doktor Atkinson, shuningdek, butun dunyo bo’ylab fonemalardagi bu farqlar ajdodlarimiz 70 000 yil oldin Afrikani tark etganlaridagi migratsiya bilan bevosita bog’liqligini ta’kidlaydi.

Avlodlar almashgani sayin tillarda ham o’zgarish sodir bo’ladi. Til shu tariqa rivojlanib boraveradi. Misol tariqasida olaylik; ikki qabila Afrikada yashaydi va har ikkilasi yaxshiroq imkoniyatlar mavjud bo’lgan ikki hududga ko’chib ketishdi. Avvaliga har ikkala qabila tilida farq sezilmaydi. Ammo vaqtlar o’tib, avlodlar almashgani sayin ikki qabila tili bir biridan keskin farqlana boshlaydi.

Shuningdek, Doktor Atkinson ta’kidlashicha, aholi soni ham tildagi o’zgarishlarga sezilarli ta’sir o’tkazadi. Aholi soni qanchalik ko’p bo’lsa, o’zgarish shunchalik sekin kechadi, negaki aholi soni qanchalik ko’p bo’lsa, o’zlarida avvalgi ajdodlar ta’limotini targ’ib qiluvchilar ham shunchalik ko’p bo’ladi. Aholi soni kam bo’lganda esa, aksincha, tillar tez o’zgaradi.

Bu nazariya qanchalik to’g’riligini quyidagi misol orqali ko’rib chiqamiz.

Aytaylik, bir ingliz tilida so’zlovchi kishining kelib chiqishi ispanlardan. Ammo u ingliz tilini ispan tilidan yaxshiroq biladi. Sababi u inglizlar orasida o’sgan. Vaholanki, uning ota-bobolari ingliz tilini umuman bilishmagan. Ya’ni insoniyat hamisha o’z atrof-muhitiga moslashadi. Bir zamonlar Afrikani tark etgan qabilalar ham yangi muhitga moslashish asnosida tillari ham o’zgarib boravergan.

Manba:
https://profiles.auckland.ac.nz/q-atkinson
https://www.omniglot.com/language/articles/originoflanguage.htm
https://www.sciencedaily.com/releases/2011/04/110415165500.htm

Abduraimova Aziza
O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti,
Media va kommunikatsiya fakulteti 3-bosqich talabasi

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

fourteen + 17 =