INTERNEWS MEDIASAVODXONLIKNI RIVOJLANTIRISHNI MOLIYAVIY QO‘LLAB-QUVVATLASH BO‘YICHA TANLOV E’LON QILADI

13.01.2022

Media-axborot va raqamli savodxonlikni targ‘ib qilishdan manfaatdor barqaror matbuotga oid notijorat, jamoat, ta’lim va nodavlat tashkilotlar, nodavlat teatr va san’at jamoalari, Qozog‘iston, Tojikiston va O‘zbekistondagi assotsiatsiyalar 2022-yilda quyidagi faoliyat uchun moliyaviy ko‘mak olishlari mumkin:

  • barqaror professional jurnalistik tashkilotlar tomonidan turli janrlarda mediasavodxonlik tarkibini yaratish: media-axborot va raqamli savodxonlik mavzusida intervyular, qisqa videolar, komikslar, mem va boshqalar;
  • mediasavodxonlikni targ‘ib qiluvchi ko‘ngilochar shakllarni sahnalashtirish: tomoshabinning faol ishtiroki orqali teatr pesalari, spektakllar, myuzikl va boshqalar;
  • aholining turli qatlamlari uchun kino savodxonlik bo‘yicha treninglar tashkil etish;
  • media-axborot va raqamli savodxonlik mavzusida vizual vositalar va o‘yinlar, savol-javoblar, viktorina va boshqalarni yaratish;
  • aholining turli qatlamlari uchun tarmoq va jamoat foydalanish joylarida tarqatish maqsadida media-axborot va raqamli savodxonlik bo‘yicha plakatlarni yaratish va ishlab chiqarish.

Ko‘rsatilgan mamlakatlarning har biridan taqdim qilinadigan loyiha arizalarida ham davlat tili, ham xalqaro muloqot tilidan foydalanuvchi auditoriya manfaatlari hisobga olinishi kerak. Barcha loyihalarning amalga oshirish muddati: 2022-yil avgustdan kechikmasligi lozim.

Eng istiqbolli taklif mualliflari 2022-yil fevral oyida MediaCAMP Edyuton tadbiriga taklif qilinadi. Ishtirokchilar tajribali murabbiylar rahbarligida o‘quv kurslaridan o‘tadilar va moliyalashtirish tanlovi shartlariga to‘liq mos kelgunlaricha o‘z loyihalarini takomillashtiradilar. Loyihalarning ochiq himoyasi o‘tkaziladi va hakamlar hay’ati g‘oliblarni aniqlaydi.

Tanlovda ishtirok etish uchun 2022-yil 24-yanvar Toshkent vaqti bilan soat 23 gacha arizani ushbu havola orqali to‘ldirish lozim.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

ten + three =