“JOHN SMITH TRUST” JAMG‘ARMASI» CENTRAL ASIAN SCHOLARSHIP 2020″ STIPENDIYALAR TANLOVINI E’LON QILADI

17.12.2019

“John Smith Trust” Britaniya Jamg‘armasi 2020-yil 2-29-noyabr kunlari Buyuk Britaniyada «Central Asian Scholarship 2020» stipendiya dasturi bo‘yicha yosh mutaxassislar uchun har yili malaka oshirish kurslariga qatnashish boshlanganligini e’lon qiladi.

“John Smith Trust” dasturi kelgusi avlod rahbarlariga to‘rt haftalik intensiv trening orqali boshqaruv, qonun ustuvorligi va ijtimoiy adolat masalalarini o‘rganish imkoniyatini beradi. 

Trening bir qator seminarlar, munozaralar, tashriflar va uchrashuvlardan iborat. Uyga qaytgach, yosh mutaxassislar Buyuk Britaniyada o‘qish paytida tashkil etilgan yangi tanishlar va o‘zlarining harakat rejasini amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlashlari mumkin bo‘ladi.

Dastur Edinburgda bir hafta – yashash bilan boshlanadi, Shotlandiya va Londonda 3 hafta davom etadi.

 Talablar: 

  • A’lo ingliz tili ko‘nikmalari;
  • 25-35 yoshdagi yosh mutaxassislar;
  • Kasbiy sohada yetakchi salohiyat, o‘zining mamlakatini ijobiy rivojlantirishga hissa qo‘shishga intilishi;
  • Mutaxassislik yo‘nalishlari: siyosat, davlat boshqaruvi, mahalliy va mintaqaviy boshqaruv, fuqarolik jamiyati, ommaviy axborot vositalari, huquq, oliy ta’lim va xalqaro biznesni rivojlantirish.

Tanlov jarayoni:

Tanlov jarayoni iyun/iyul oylarida o‘tkaziladigan anketa tahlili va suhbatdan iborat. Tanlov natijalari avgust oyida e’lon qilinadi.

Shartlar: 

Tashkilotchilar turar joy va ovqat uchun to‘lov, shuningdek, dastur doirasida xalqaro va ichki transportlar xarajtlarini qoplaydi.

Umumiy 25 stipendiya Markaziy Osiyo davlatlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, O‘zbekiston vakillari 6 ta o‘rinni olishlari mumkin (ariza sifati va intervyu natijalariga qarab).

Stipendiya dasturi haqida batafsil ma’lumot: https://johnsmithtrust.org/apply/   

Ma’lumot uchun: “John Smith Trust” jamg‘armasi 1996-yilda Buyuk Britaniyaning taniqli siyosatchilaridan birining xotirasiga bag‘ishlangan bo‘lib, uning ideallarini targ‘ib qilish uchun tashkil etilgan. Jamg‘arma rahbarlarning yangi avlodini tarbiyalash orqali boshqaruvni, ijtimoiy adolatni va qonun ustuvorligini ta’minlaydi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

nineteen + two =