Reynold jurnalistika instituti (RJI) homiyligidagi stipendiya dasturi jurnalistika nazariyasi va amaliyoti bo‘yicha innovatsion g‘oyalari mavjud mualliflardan arizalar qabul qiladi.
Institut quyidagilarni taqdim etadi:
Rezidentlik stipendiyasi — ishtirokchilar 8 oy davomida Missuridagi Jurnalistika maktabining talabalar shaharchasida yashash, institutning o‘quv va texnik resurslaridan foydalanish hamda o‘qituvchi va talabalar bilan muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Stipendiatlar har oy 10 000 AQSh dollaridan stipendiya va adaptatsiya uchun bir martalik 10 000 AQSh dollaridan iborat pul beriladi.
Norezidentlik stipediyasi — o‘z g‘oyasini rivojlantirgan xolda ishini davom ettiradigan yangiliklar, texnologiya va shunga yaqin sohalar kompaniyalar xodimlari uchun. Ushbu turdagi stipendiatlar 8 oy davomida 20 000 AQSh dollari miqdorida stipendiya olishadi.
Tashkilotlar uchun stipendiya — 20 000 AQSh dollari miqdoridagi stipendiya kompaniya yoki tashkilotga beriladi va u loyiha uchun yollangan vaqtinchalik xodim yoki frilanserga oylik sifatida yoki loyihaning boshqa harajatlariga sarflanishi mumkin.
Talab etiladigan til — ingliz tili.
Ariza topshirish muddati — 25-mart, 2022-yil.
Batafsil ma’lumot va ariza topshirish ushbu havolada: https://rjionline.org/about-rji-fellowships/#residential
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.