Internews xalqaro nodavlat tashkiloti “Jurnalistikaning an’anaviy janrlariga yangicha qarash: yangilik, intervyu va reportajlarni qanday qilib multimedia loyihasiga aylantirish mumkin” mavzusidagi bepul onlayn-trening mashg‘ulotlariga taklif etadi.
Trening sanasi — 14-28-fevral, 2022-yil.
Onlayn trening davomida yoritiladigan mavzular:
- Internet-OAV uchun yangiliklar: bozorda yangiliklar tarkibini qanday qilib eng yaxshisiga aylantirish mumkin;
- Intervyu janrining transformatsiyasi: qanday qilib zerikarli savol-javob formatini sifatli multimedia loyihasiga aylantirish mumkin;
- Zamonaviy reportaj: multimedia vositalaridan foydalangan holda o‘quvchi tomonidan talab qilinadigan tarkib mahsulotini qanday yaratish mumkin.
Trening natijalariga ko‘ra ishtirokchilar multimedia loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha stipendiya dasturida qatnashish imkoniyatini qo‘lga kiritadilar.
O‘qish tili – rus/o‘zbek (sinxron tarjima).
Ariza topshirish muddati — 7-fevral soat 23:00 gacha (Toshkent vaqti bilan).
Batafsil ma’lumot uchun HAVOLA
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.