KREATIV TADBIRKORLIK TA’LIMIDA XOTIN-QIZLAR IMKONIYATLARINI KENGAYTIRISH

17.02.2021

Creative Spark dasturi doirasida «Kreativ tadbirkorlik ta’limida xotin-qizlar imkoniyatlarini kengaytirish” mavzusida davra suhbati tashkil etilmoqda.

Vebinar Britaniya Kengashi, El-Yurt Umidi Fondi, O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi hamda O`zbekiston Respublikasi Oliy ta`lim kengashi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda. Ushbu vebinar Buyuk Britaniya hamda O`zbekiston oliy ta`lim mutaxassislari o`rtasidagi bilim va fikr almashish imkonini yaratadi.  

Vebinardan ko`zlangan maqsad  

  • Oliy ta`lim muassasalari xotin-qizlar imkoniyatlarini kengaytirish, madaniyatini rivojlantirishdagi asosiy zamonaviy yondashuvlarni muhokama qilish
  • Asosiy stereotip va noto`g`ri munosabatlarni muhokama qilish va bartaraf etish
  • Ta`lim, ilmiy-tadqiqot va biznes sohalarida yuqori lavozimlarni egallashlari uchun xotin-qizlarni qanday tayyorlash va rag`batlantirish imkoniyatlarini muhokama qilish
  • Ta`lim va biznes sektori qanday qilib iste`dod va ko`nikmalarni qo`llab quvvatlashda hamkorlik qilishlari muhokama qilinadi
  • Makro darajada xotin-qizlarning imkoniyatlarini kengaytirish bo`yicha chora-tadbirlarni muhokama qilish

Vebinar davomida muhokama qilinadigan savollar:

  • Oliy ta`lim muassasalarida xotin-qizlar imkoniyatlarini kengaytirish madaniyati bo`yicha xozirgi kundagi ilg`or ta`lim amaliyoti qanday? 
  • Bu jarayondagi qanday asosiy stereotip va noto`g`ri munosabatlar mavjud?   
  • Ta`lim, ilmiy-tadqiqot va biznes sohalarida yuqori lavozimlarni egallashlari uchun xotin-qizlarni qanday tayyorlash va rag`batlantirish imkoniyatlari mavjud, hamda rol-modeling, ustoz-shogird va hamkasblar o`rtasida qo`llab quvvatlash orqali bunga qanday erishish mumkin?
  • Xalqaro dasturlar va tashkilotlarning yangi yondashuvlarni qo`llab quvvatlash va rivojlantirishdagi ahamiyati qanday? 
  • Oliy ta`lim muassasalari kasbiy faoliyatga qizlarni qanday tayyorlashlari mumkin, oliy ta`lim muassasalari ishlab chiqarish bilan qanday hamkorlik qiladi hamda qizlarda o`ziga ishonch, to`g`ri yondashuv va boshqaruv ko`nikmasini qanday rivojlantiradi? 
  • Jamoat ishlarida faol bo`lishlari, o`z biznesiga ega bo`lish hamda xotin-qizlarning imkoniyatlarini kengaytish uchun makro-darajada nimalar qilish zarur?

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

twenty − 16 =