Yangi qaror bilan avvalgi tartibga o‘zgartirish kiritildi. Unga ko‘ra, endi milliy sertifikat imtihonida 65 balldan o‘tgan abituriyent OTMga kirishda o‘sha fandan maksimal ballga ega bo‘ladi.
Milliy sertifikat imtihonida 65 ball va undan yuqori olgan abituriyent «A +, A» darajaga ega bo‘ladi va OTMga kirishda o‘sha fandan maksimal ballga ega bo‘ladi.
Shuningdek, B+, B, C+, C darajaga ega bo‘lgan abituriyentlarga test sinovlarida egallagan ballariga nisbatan foiz asosida maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan ball beriladi.
Test natijalari xalqaro metod – Rash modeli asosida hisoblanadi. Seritifikatning amal qilish muddati 3 yilni tashkil qiladi.