NAVOIY VA BOBUR ASARLARI TARJIMASIGA BAG‘ISHLANGAN KONFERENSIYA O‘TKAZILADI

08.05.2019

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi “Navoiy va Bobur asarlarini xorijiy tillarga taglama va badiiy tarjima qilish masalalari” mavzusida respublika konferensiyasini o‘tkazmoqda

Konferensiyaning ilmiy va amaliy yo‘nalishi mutafakkir shoir Alisher Navoiy va zabardast shoir va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur asarlarining qardosh va xorijiy tillarga taglama va tarjima qilinishi bilan bog‘liq ilmiy va amaliy masalalarni ko‘rib chiqishga qaratiladi.

Tashkiliy qo‘mita Alisher Navoiy va Zahiriddin Bobur asarlarining xorijiy tillardagi tarjimalari va tarjima qilish muammolari, tarjimalarni targ‘ib qilish masalalariga bag‘ishlangan maqolalar, shuningdek, Navoiy va Bobur asarlarining qardosh va xorijiy tillarga qilingan taglama va badiiy tarjimalarini ham to‘plam qilib chop etish uchun qabul qiladi. Mutaxassislar tomonidan ijobiy qabul qilingan taglama tarjimalar keyinchalik xorijda badiiylashgan tarjimalarni amalga oshirishda foydalaniladi.

Konferensiya 2019 yil 29 may kuni Toshkentda, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi binosida o‘tkaziladi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

15 + seventeen =