Noodatiy tuyg’ularni tasvirlash uchun yangi chiroyli so’zlar

30.07.2019

Noodatiy tuyg’ularni tasvirlash uchun yangi chiroyli so’zlar

Jon Kyonig

Jon Kyonig murakkab va tushuntirish qiyin bo’lgan his-tuyg’ularimizni ifodalay oladigan so’zlarni qidirishni yaxshi ko’radi. Masalan «laxeizm» — «falokatga tashnalik», yoki «sonder» — «barchaning hayoti ham xuddi o’zimiznikidek murakkab ekanligini tushunish» so’zlari. Bu yerda Jon so’zlarga berilgan ma’nolar va ularning qanday qilib bizga ta’sir etishi haqida fikr yuritadi.

Manba:
https://ted.com/

Uzbek Subtitles:

0:01 – 0:05

Men bugun so’zlarning ma’nolari haqida gapirmoqchiman. ¶

0:05 – 0:06

Ularni qanday belgilashimiz,

0:06 – 0:08

va ular bizdan qanday revansh olishi,

0:08 – 0:09

bizni qanday belgilashlari haqda.

0:09 – 0:13

Ingliz tili sehrli shimgich (gubka) ga o’xshaydi. ¶

0:13 – 0:15

Men bu tilni sevaman va unda gapira olishimdan mamnunman.

0:15 – 0:17

Lekin ingliz tilida ham bo’shliqlar bor.

0:18 – 0:21

Grek tilida shunday bir so’z bor – «lacheism»,

0:21 – 0:24

bu falokatga tashnalikni anglatadi.

0:25 – 0:28

Bu siz ufqda bo’ronni ko’rayotib,

0:28 – 0:31

uni sabrsizlik bilan kutishingiz.

0:32 – 0:34

Shimoliy Xitoy tilida «yuyi» degan so’z bor,

0:34 – 0:36

men uni noto’g’ri talaffuz qilaman.

0:36 – 0:40

Bu nimadir tomonidan qo’lga olingan bo’lishni xoxlashni anglatadi.

0:40 – 0:42

Odatda bunaqasi bolalikda bo’ladi.

0:44 – 0:47

Polyak tilidagi «juska» so’zi,

0:47 – 0:50

bu ongimizda, boshimizda o’tkazadigan

0:50 – 0:53

gipotetik suhbatga o’xshaydi.

0:54 – 0:58

Va nihoyat, nemis tilida,

0:58 – 1:00

«silshmerts» so’zi bor,

1:00 – 1:04

bu o’z istaganimizga erishishdan qo’rqishni anglatadi.

1:04 – 1:08

(Kulgu) ¶

1:08 – 1:10

Nihoyat butun bir hayotimiz orzusini amalga oshirish. ¶

1:12 – 1:15

O’zim aslida nemisman, shunday ekan bu tuyg’u menga yaxshi tanish.

1:15 – 1:18

Bu so’zlar menga kerak bo’lishiga ishonchim komil emas. ¶

1:18 – 1:19

Kundalik hayotda.

1:19 – 1:22

Lekin men ularning mavjudligidan hursandman.

1:22 – 1:25

Biroq ular faqat men ularni o’ylab topganim uchun mavjud.

1:25 – 1:29

Men «Sirli qayg’u lug’ati» ning muallifiman. ¶

1:29 – 1:32

Uni so’ngi 7 yil davomida yozganman.

1:32 – 1:34

Loyihaning maqsadi —

1:34 – 1:39

tildagi emotsiyalarni tasvirlovchi bo’shliqlarni qidirish,

1:39 – 1:41

ularni to’ldirish,

1:41 – 1:44

til orqali biz xis qiladigan barcha nozikliklar

1:45 – 1:47

va g’alati yoki murakkab hissiyotlarni

1:47 – 1:51

ifoda eta olish uchun shu kabi so’zlarni

1:51 – 1:54

o’ylab topishdir.

1:54 – 1:56

Loyihaning o’rtalariga kelib, ¶

1:56 – 1:58

«sonder» so’ziga ta’rif berdim:

1:58 – 2:01

uning g’oyasi shundaki, hammamiz o’zimiz haqimizda asosiy qahramon

2:01 – 2:04

sifatida o’ylaymiz, qolganlar biz uchun statistlar.

2:04 – 2:07

Lekin aslida hammamiz asosiy qahramonlarmiz,

2:07 – 2:10

sizning o’zingiz esa kimningdir tarixida olomonsiz.

2:11 – 2:14

Buni nashr qilgach,

2:14 – 2:16

juda ko’p insonlardan fikrlarini,

2:16 – 2:21

«Butun umr davomida his qilganlarimizni tushuntirib berganingiz uchun rahmat»

2:21 – 2:24

kabi tashakkurnomalar oldim.

2:24 – 2:25

Ular endi o’zlarini yolg’iz his qilmasdi.

2:26 – 2:28

Mana so’zlarning kuchi nimada,

2:29 – 2:32

ular yolg’izlik hissini yo’qotadi.

2:32 – 2:34

Nashrdan keyin tez orada, ¶

2:34 – 2:36

«sonder» so’zini onlayn-muloqotda

2:36 – 2:40

jiddiy qo’llay boshlashganini guvohi bo’la boshladim.

2:40 – 2:43

Yana biroz vaqt o’tib esa

2:43 – 2:47

men bu so’zni jonli muloqotda eshitib qoldim.

2:47 – 2:49

G’alati bir tuyg’u xis qilasiz, qachonki,

2:49 – 2:53

siz o’ylab topgan so’z sizdan alohida yashashni boshlaganida.

2:54 – 2:56

Menda buning uchun hozircha yangi so’z yo’q.

2:56 – 2:57

(Kulgu) ¶

2:57 – 2:58

Buning ustida ishlayman. ¶

3:00 – 3:02

Men so’zlarni nima haqiqiy qilishi haqida o’ylanib qoldim, ¶

3:04 – 3:05

chunki ko’pchilik buni so’raydi.

3:05 – 3:07

Ko’pincha shunday:

3:07 – 3:11

«Bu so’zlar o’ylab topilganmi? Negadir tushunmayapman».

3:11 – 3:13

Va men rostdan ham qanday javob berishni,

3:13 – 3:15

«sonder» qanday qilib iste’molga kirganini bilmayman,

3:15 – 3:17

umuman so’zlarnining realligini baholashga haqlimanmi…

3:18 – 3:22

Natijada men o’zimni xuddi miyasiga yangi fikr kelgan Stiv Jobsdek his qildim.

3:22 – 3:26

Hayotda ko’pchiligimiz boshimizni tez-tez

3:26 – 3:29

devorga urilishidan qochishga harakat qilamiz,

3:29 – 3:32

va oldinga qarab intilamiz.

3:32 – 3:34

Va qachonki dunyo bizdan aqlliroq bo’lmagan

3:36 – 3:40

insonlar tomonidan yaratilganini tushunganingizda,

3:40 – 3:42

qo’lingizni ko’tarib, o’sha devorni ushlaysiz,

3:42 – 3:44

hattoki devorning narigi tomoniga o’ta olishingiz

3:44 – 3:46

sizda bu dunyoni o’zgartira olish uchun kuch bor ekanligini tushunasiz.

3:47 – 3:51

Va menga «Bu so’zlar haqiqiymi?» deb savol berishganida, ¶

3:51 – 3:53

men bularga javoblar qidirardim, va odatda

3:53 – 3:55

javoblar ba’zan aqlli, ba’zan be’mani bo’lardi.

3:55 – 3:57

Masalan:

3:57 – 4:00

«So’z aynan siz u haqiqiy bo’lishini xoxlaganingizda haqiqiyga aylanadi».

4:00 – 4:04

Xuddi mana bu yo’lakka o’xshab: insonlar uni shu yerda bo’lishini xoxlaganlari uchun u – haqiqiy.

4:04 – 4:06

(Kulgu) ¶

4:06 – 4:08

Talabalar shaharchalarida bunday tekisliklar ko’p. ¶

4:08 – 4:10

Bu «orzu yo’lakchasi».

4:10 – 4:11

(Kulgu) ¶

4:11 – 4:13

Keyin men shunday o’yladim: aslida so’zlarning ¶

4:13 – 4:16

haqiqiyligi borasida so’rayotib, ular bu so’zlarni

4:16 – 4:20

qanchalik darajada ishlata olishlari haqida bilishni xohlashadi.

4:21 – 4:24

Chunki, o’ylashimcha, biz tilni aynan shunday ishlatamiz.

4:24 – 4:27

So’z – bu kalitga o’xshaydi,

4:27 – 4:30

u bizga insonlarning fikrlarini ochadi.

4:30 – 4:32

Agar so’zni faqat bitta inson tushunsa,

4:33 – 4:34

u unchalik ahamiyatli,

4:34 – 4:35

qimmatli emas.

4:35 – 4:38

Ikkita inson — ularning kim ekanliklariga bog’liq.

4:38 – 4:40

Million — yaxshi, bu boshqa gap.

4:41 – 4:47

Natijada so’zlarning haqiqiyligi, uning qancha insonga tanish ekanligiga bog’liq.

4:47 – 4:51

Qanchalik ko’p bo’lsa, shuncha yaxshi, demak bu so’z shunga arziydi.

4:51 – 4:54

Shu fikr bo’yicha biz aytishimiz mumkinki, eng haqiqiy so’z bu ¶

4:54 – 4:57

[O.K.] ¶

4:57 – 4:58

U mavjud so’zlar ichida ¶

4:58 – 4:59

eng haqiqiysidir.

4:59 – 5:02

U xuddi barcha eshiklarga kalitdek.

5:02 – 5:04

Dunyoning har bir burchagida har bir inson

5:04 – 5:06

tushuna oladigan so’z.

5:06 – 5:07

Muammo shundaki,

5:07 – 5:10

bu ikkita harfning asl ma’nosini hech kim bilmaydi.

5:10 – 5:12

(Kulgu) ¶

5:12 – 5:14

Bu g’alati, shunday emasmi? ¶

5:14 – 5:17

Bu «all correct» ning noto’g’ri yozilgan shakli bo’lishi mumkin,

5:17 – 5:19

yoki «Old Kinderhook».

5:19 – 5:23

Hech kim bilmaydi, lekin bu muhim emas,

5:23 – 5:26

aslida o’zimiz uni turli ma’nolar bilan boyitamiz.

5:26 – 5:29

Ma’no so’zning o’zida mujassam emas.

5:30 – 5:33

Biz unga ma’no taqdim etamiz.

5:33 – 5:37

O’ylaymanki, so’zlar bizga hayotimiz mazmunini ¶

5:38 – 5:40

topishda qaysidir darajada

5:40 – 5:43

yordam bera oladi.

5:44 – 5:47

Agar siz nimanidir ma’nosini qidirayotgan bo’lsangiz,

5:47 – 5:49

lug’at siz uchun ajoyib yordamchi.

5:50 – 5:52

U bizga mazmun taqdim etadi va bu murakkab

5:52 – 5:54

dunyoda tartib o’rnatadi.

5:55 – 5:57

Bizning narsalarga bo’lgan tasavvurimiz

5:58 – 6:00

shunchalar chegaralanganki, biz shartli ma’nolarga o’rganganmiz.

6:00 – 6:03

Va ba’zi sirlarni ochishga harakat qilamiz,

6:03 – 6:05

ularni hayotimizda qo’llashga intilamiz.

6:05 – 6:09

Lekin so’zlar bizga ko’proq ular bizni to’ldirib turishi uchun ham kerak.

6:09 – 6:11

Menimcha ko’pchiligimiz o’zimizni ma’lum bir ¶

6:12 – 6:14

ramkani ichida, chegaralangandek his qilamiz.

6:14 – 6:16

Biz so’zlar o’ylab topilgani haqida unutib qo’yamiz.

6:16 – 6:19

Nafaqat mening so’zlarim, barcha so’zlar o’ylab topilgan.

6:19 – 6:21

Lekin ularning hammasi ham ma’no anglatmaydi.

6:22 – 6:26

Hammamiz ham o’z leksikonimiz tuzog’ida joylashganmiz.

6:26 – 6:31

Va u boshqa insonlarniki bilan bir xil bo’lishi shart emas.

6:31 – 6:35

Biz so’zlarni qanchalik jiddiy qabul qilsak,

6:35 – 6:37

bu kabi farqlar yanada kattayaveradi.

6:40 – 6:43

Shuning uchun ham unutmangki: so’zlar haqiqiy emas. ¶

6:44 – 6:46

Ma’nolarni ular emas, biz saqlaymiz.

6:46 – 6:49

Yakunda, sevimli faylasuflarimdan biri ¶

6:50 – 6:52

Bill Uoterson, «Kelvin va Xobbs» komiksi

6:52 – 6:55

muallifining so’zlarini keltirmoqchiman.

6:55 – 6:56

U shunday degan:

6:57 – 7:01

«Sizning qadriyatlaringizni aks ettirib, ruhingizni shod etadigan hayot qurish,

7:01 – 7:03

juda mushkul yutuq.

7:03 – 7:05

O’z hayot yo’lingizni o’ylab topish

7:05 – 7:07

oson ish emas,

7:07 – 7:08

lekin iloji bor. Va o’ylaymanki,

7:08 – 7:11

alabatta harakatlaringiz uchun taqdirlanasiz».

7:11 – 7:13

Rahmat. ¶

7:13 – 7:15

(Qarsaklar)

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

10 − three =