NYU-YORK SHAHRIDA O‘ZBEK MAKTABI OCHILDI

24.09.2020

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, xorijiy mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalari chet ellarda vaqtincha bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari hamda xorijda yashovchi vatandoshlarimizni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish borasida tizimli ishlarni amalga oshirmoqda, – deb xabar bermoqda TIV matbuot xizmati.

Nyu-Yorkning Bruklin mavzesida (AQSh) “Ziyo Art” o‘zbek maktabi ish boshladi, uning rasmiy ochilish marosimi 2020-yil 19-sentabr kuni bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekistonning Nyu-Yorkdagi Bosh konsulxonasi va “Mahalla USA” diaspora tashkiloti bilan birgalikda tashkil etildi.

Bosh konsulxona ma’lumotlariga ko‘ra, maktab 16 Avenue О, Brooklyn NY 11204 manzilida joylashgan bo‘lib, quyidagi fanlar bo‘yicha mashg‘ulotlar olib boriladi: “O‘zbek tili va adabiyoti”, “Odobnoma”, “Tasviriy san’at”, “Shaxmat” va “Matematika”.

Darslar shanba va yakshanba kunlari o‘zbek tilida O‘zbekistondan olingan maxsus o‘quv materiallaridan foydalangan holda malakali o‘qituvchilar tomonidan olib boriladi. O‘qituvchilar tanlov asosida saralab olingan.

Bosh konsulxona O‘zbekiston Hukumati nomidan o‘zbek maktabi kutubxonasi fondiga kitoblar va badiiy adabiyotlarni topshirdi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

twenty − one =