OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRI QOʻNGʻIROTBOY SHARIPOVNING YOSHLARGA TABRIGI

30.06.2024

Aziz yoshlar!

Bugun jamiyatimizning  eng shijoatli, maqsad sari intiluvchan,  ijodkor vakillari – siz  yoshlarni alohida e’tirof etiladigan kun. Sizlar yurtimiz kelajagi, umidimiz va ertamiz bunyodkorisiz. Sizning orzularingiz, intilishlaringiz va yutuqlaringiz Prezidentimiz tashabbusi bilan barpo etilayotgan Yangi O‘zbekiston  taraqqiyoti asosidir.

Sizning har biringizda dunyoni yaxshi tomonga o‘zgartira oladigan noyob iste’dod va salohiyat bor. G‘ayratingiz, bilimga va kashfiyotlarga intilishingiz jamiyatimizni yanada kuchli va mukammal qiladi. Yoshlar kuni  dadil g‘oyalar va loyihalaringizni amalga oshirishga azm-u g‘ayrat qilishingiz uchun sabab bo‘ladigan kun bo‘lib xotirangizda qolishini istardim.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi yoshlarning rivojlanishi, ilm-fan va tadqiqotlarga intilishini qo‘llab-quvvatlaydi. Biz sizlarning o‘z kuchli tomonlaringizni kashf qilishingiz va maqsadlaringizga erishishingiz mumkin bo‘lgan muhitni yaratish uchun bor imkoniyatlarni safarbar qilishga tayyormiz.

Sizga orzularingizni ro‘yobga chiqarishda kuch-g‘ayrat,  ishonch va ko‘tarinkilik tilayman. Har kuningiz yangi kashfiyotlar, ijodiy yutuqlar va quvonchli daqiqalarga boy bo‘lsin.

Yoshlar kuni muborak bo‘lsin! Yangi marralarga erishish saodatidan bahra olish hamisha nasib etaversin!

Qoʻngʻirotboy Sharipov,
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri

https://gov.uz/edu

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

11 − 2 =