OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRI TALABALAR BILAN UCHRASHDI

18.01.2020

Kuni kecha O‘zbekiston Milliy universitetida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidov va Toshkent shahrida joylashgan oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida davra suhbati o‘tkazildi.

Uchrashuvda talabalar kengashi faoliyati, stipendiyalarning optimallashuvi, talabalarni ish bilan ta’minlash, al-Xorazmiy olimpiadasining saralash bosqichini tashkillashtirish, xalqaro talabalar almashinuvi, chet tillarini o‘qitish samaradorligini oshirish, OTMlarda ichki almashinuvni yo‘lga qo‘yish, yosh oilalarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish masalalari muhokama qilindi.

Xususan, oliy ta’lim muassasalaridagi talabalar kengashi faoliyati bilan bog‘liq masalaga to‘xtalar ekan, vazir bunda avvalo, talabalarning faolligi muhim ekanligini ta’kidladi.

– Oliy ta’lim muassasalaridagi ta’lim sifatini oshirishda avvalo, talabalar o‘zini o‘zi boshqarish tashkilotining faolligi muhim ahamiyatga ega. Masalan, faqat OTM miqyosida emas, fakultet yoki kurslar miqyosidagi talabalar kengashini ham joriy qilish mumkin. Uning tuzilishi va vakolatlari qanday bo‘lishi lozimligi borasidagi takliflar ham sizlardan chiqishi kerak. Bu tizim samarali ishlashi uchun yana nimalarni amalga oshirish mumkin? Bu masalada biz sizlarga suyanamiz, – dedi Inomjon Majidov.

Erkin muloqot tarzida o‘tgan tadbirda ishtirok etgan talabalar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob olishdi.

Shuningdek, vazir talabalar tomonidan aytilgan takliflar bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

four + nine =