O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi va Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi qator tashkilotlar bilan hamkorlikda “Oltin qalam” XV milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovga ishlarni qabul qiladi.
Tanlovga 2020-yilning 31-martidan 2021-yilning 31-martigacha – bir yil davomida gazeta va jurnallarda chop etilgan, radio orqali efirga uzatilgan hamda televideniye orqali ko‘rsatilgan va Internet nashrlarida e’lon qilingan materiallar (5 tadan kam, 10 tadan ko‘p bo‘lmasligi kerak) 2021-yilning 10-apreligacha qabul qilinadi.
Asosiy mukofotlar:
- Eng yaxshi jurnalistik material uchun milliy mukofot (televideniye – 1-, 2-, 3-o‘rinlar);
- Eng yaxshi jurnalistik material uchun milliy mukofot (radio – 1-, 2-, 3-o‘rinlar);
- Eng yaxshi jurnalistik material uchun milliy mukofot (bosma ommaviy axborot vositalari – 1-, 2-, 3-o‘rinlar);
- Eng yaxshi jurnalistik material uchun milliy mukofot (Internet-jurnalistika – 1-, 2-, 3-o‘rinlar);
- “Chet ellik jurnalistning O‘zbekiston haqidagi eng yaxshi materiali uchun”( Bitta birinchi, 4 ta ikkinchi o‘rin).
Rag‘batlantiruvchi mukofotlar uchun nominatsiyalar:
- Inson huquqlari mavzuisidagi eng yaxshi material;
- Eng yaxshi fotoreportaj;
- Eng yaxshi matbuot xizmati.
Tanlov g‘oliblarini tantanali mukofotlash marosimi 2021-yil 3-may – Jahon matbuoti erkinligi kuni tantanali ravishda o‘tkaziladi.
Mukofot bir shaxsga takroran berilmaydi. Batafsil ma’lumot olish uchun havola: http://journalist.uz/n/20614
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.