ONLAYN KURS: “MEDIA BO’YICHA ILK SABOQLAR”

21.10.2021

Qabul qilayotgan axborotlarimizni to‘g‘ri baholay olish bugungi kunda juda muhimdir. Agar biz maʼlumotlarni to‘g‘ri tahlil qilish qobiliyatini o‘zimizda shakllantirsak, ularni ishonchli va soxtaga, foydali va foydasizga ajrata olamiz. Bu ko‘nikmalarni shakllantirishda “Media bo’yicha ilk saboqlar” deb nomlanuvchi ushbu kurs sizga yordam beradi.  

“Media bo’yicha ilk saboqlar” onlayn kursida axborotni to‘g‘ri baholay olish va ularda uchraydigan yashirin reklamalarni payqash, fikr va faktlarni ajrata olish, soxta xabarlar va “hype” maʼlumotlarni aniqlash hamda to‘g‘ri axborot yarata olish ko‘nikmalariga ega bo‘lasiz.

 «Media bo’yicha ilk saboqlar» kursi 1 oy mobaynida haftada 2 marta «Zoom» platformasi orqali onlayn ko‘rinishda bo‘lib o‘tadi. 

Darslar o’zbek tilida olib boriladi va 1-noyabrdan boshlanadi.

Kursda qatnashish uchun, mana bu yerda ro’yxatdan o’ting.

 Shoshiling! Joylar soni chegaralangan!

Kurs haqida qo’shimcha ma’lumot olish uchun quyidagi elektron pochtaga yoki Telegramga savollaringizni yozishingiz mumkin: @YRahmatova yoki skaneruz@gmail.com

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

5 × three =