O’ZBEK TILI BAYRAMIGA O’ZBEKONA SOVG’A

19.10.2021

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tashabbusi bilan chet elliklar uchun «O‘zbekona» (A2 daraja) darsligi chop etildi.

Darslikni yaratishda chet tilni egallashning xalqaro miqyosda e’tirof etilgan me’yorlariga amal qilindi. «O‘zbekona» (A2 daraja) darsligida A1 daraja uchun mo‘ljallangan birinchi darslikdan farqli ravishda til o‘rganishdagi aspektlar alohida qismlar sifatida ajratib berildi. Har bir qism avvalgi va keyingi qismlar bilan uzviy bog‘liqdir. Har uchta darsdan keyin berilgan nazorat bloklari egallangan bilim, ko‘nikmalarni amalda qo‘llash darajasini tekshirishga yo‘naltirildi.

Shu bilan birga, darslikda o‘zbek xalqining madaniyatiga oid ma’lumotlar ham alohida rukn sifatida taqdim etildi. Birinchi kitobda madaniyatga oid ma’lumotlar faqat rasmlar yordamida tushuntirilgan bo‘lsa, ikkinchi kitobda bu ruknda matn, rasm, muayyan elektron manbaga havolalar (QR-kod) ham keltirildi. «Ilovalar» qismida har bir darsdagi yangi so‘zlar lug‘ati va nazariy mavzular bo‘yicha eslatmalar o‘rin olgan. Barcha multimediali materiallar alohida kompakt diskka joylandi.

Manba: uza.uz

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

one × five =