O’ZBEKISTON DELEGATSIYASI “QORA DENGIZ XALQARO KOMMUNIKATSIYA TADQIQOTLARI” SIMFOZIUMIDA ISHTIROK ETDI

04.05.2024

O’zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti delegatsiyasi  Turkiyaning Zonguldak Bulet Echevit universiteti mezbonlik qilgan “Qora dengiz xalqaro kommunikatsiya tadqiqotlari” simfoziumida ishtirok etdi.

Simfoziumning ochilish marosimida universitet ilmiy ishlar bo’yicha prorektori Nozima Muratova universitet va uning 6 yillik faoliyati, erishgan yutuqlari, ta’lim va ilmiy yo’nalishlari bo’yicha ma’ruza qildi.

Shundan so’ng sho’balarda Universitet delegasiyasining kafedra mudirlari, o’qituvchilari va doktorantlari o’z ilmiy izlanishlari yuzasidan chiqish qilishdi. O’zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiya universiteti delegatsiyasi tomonidan Zonguldak Bulet Echevit universiteti rektoriga estalik sovg’alari topshirildi.