O’zDJTUDA BRITANIYALIK MUSTAQIL EKSPERT BILAN PRESETT O`QUV DASTURI MUHOKAMA QILINDI

19.09.2019

Joriy yilning 19-sentabr kuni O`zbekiston davlat jahon tillari universitetiga Buyuk Britaniyalik mustaqil ekspert Richard Vest tashrif buyurdi. Mazkur uchrashuv 2013-yildan beri bakalavr yo`nalishlarida bosqichma-bosqich tatbiq etib kelinayotgan PRESETT o`quv dasturining 5 yillik natijalarini o`rganish, yangi kiritilgan modullarga o`zgartirishlar kiritish bo`yicha keyingi chora-tadbirlarni aniqlab olish maqsadida tashkillashtirildi.

Suhbat doirasida O`zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalarining bugungi kundagi o`zlashtirish natijalari, yangi tashkil etilgan yo`nalishlar ko`lami aytib o`tildi. Shuningdek, talabalarning nafaqat til bilish, balki axborot texnologiyalari sohasidagi bilimlarini oshirish kerak ekanligi ham muhokama qilindi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

11 + twelve =