“PRESIDENT TECH AWARD” TANLOVINING IKKINCHI TO‘LQINI UCHUN ARIZALAR QABULIGA START BERILDI!

31.07.2024

Umumiy sovrin jamg‘armasi 1 million dollarni tashkil qiluvchi “President Tech Award” tanlovining ikkinchi to‘lqini uchun arizalar qabuliga start berildi!

Qiziqarli musobaqada qatnashish va oʻz gʻoyalaringizni hayotga tatbiq etish uchun noyob imkoniyatni qoʻldan boy bermang! Oʻz kuchingizni sinab koʻrish va ilgʻor IT-yechimlarini yaratishga tayyor boʻlsangiz, ushbu imkoniyat aynan siz uchun!

Tanlov asosiy va maxsus yo‘nalishlarga bo‘linadi.

Tanlovning asosiy yo‘nalishi quyidagi toifalar bo‘yicha o‘tkaziladi:

  1. Sunʼiy intellektga asoslangan texnologiyalar;
  2. Ijtimoiy sohada raqamli texnologiyalar;
  3. MicroSaaS va AdTech;
  4. Kompyuter va mobil o‘yinlar;
  5. Tadbirkorlik va moliyaviy texnologiyalar.

Maxsus yo‘nalish 72 soat ichida raqamli yechim yaratishni o‘z ichiga oluvchi Gran-Pri Hakatondan iborat.

Sovrin jamg‘armasi o‘zgarishsiz qolmoqda — 5 ta yo‘nalishning har birida 1, 2, 3-o‘rin sovrindorlari aniqlanib, quyidagi mukofotlarga ega bo‘lishadi:
1-o‘rin — $100,000
2-o‘rin — $50,000
3-o‘rin — $30,000

Tanlovning rasmiy veb-saytida ro‘yxatdan o‘tishingiz, asosiy yo‘nalishlar, o‘tkazilish sanalari va ishtirok etish tafsilotlari bilan tanishishingiz mumkin.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

one + seven =