QO’SHMA TA’LIM DASTURI YANGI O’QUV YILIDAN O’Z ISHINI BOSHLAYDI

21.08.2019

2019 yil 21 avgust kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida Moskva davlat lingvistika universiteti vakillari, Ingliz tili fakulteti leksikologiya kafedrasi mudiri Sheveleva Yevgeniya Olegovna va Ta’lim dasturlari moliyaviy va huquqiy jihatdan muvofiqlashtirish markazi yetakchi mutaxassisi Paxomova Yelena Sergeyevna bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida o‘zaro hamkorlik masalalari bilan birga Moskva davlat lingvistika universiteti bilan 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab “Lingvistika: Chet tillari va madaniyatini o‘qitish nazariyasi va metodikasi” Qo‘shma “Ikkita diplom” dasturi doirasida amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi. Jumladan, 21-22 avgust kunlari tashkil etiladigan imtixonlar hamda dasturning moliyaviy jihatlari bo‘yicha qisqacha fikr almashildi. 

Uchrashuvda O‘zDJTU rektori G‘. Raximov, Qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘limi boshlig‘i X. Yuldashev, Xalqaro bo‘lim boshlig‘i X. Alimova va 1-ingliz tili fakulteti dekani A. Yuldashevlar ishtirok etdi. 

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

sixteen + eighteen =