11-oktabrdan 12-fevralgacha Buyuk Britaniyaning 30 dan ortiq universitetlari ko’rgazmasi bo’lib o’tadi. Siz universitet vakillari bilan shaxsiy onlayn uchrashuvlarga buyurtma berishingiz va veb -seminarlarda qatnashishingiz mumkin, bu yerda siz Buyuk Britaniyada o’qish haqida bilishingiz kerak bo’lgan barcha narsani bilib olasiz.
Bundan tashqari, siz Buyuk Britaniyaga kelishning yangi immigratsion jarayoni haqida bilib olishingiz mumkin, Hukumatingiz va Buyuk Britaniya oliygohlari tomonidan stipendiya olish imkoniyatlarini kashf etishingiz va ariza berish jarayoni haqida ko’proq bilib olishingiz mumkin.
Asosiy sanalar
- 2021-yil 11-15-oktabr: Buyuk Britaniya vakillari ishtirokida veb-seminarlar: Buyuk Britaniya universitetlari bilan uchrashishdan oldin, mazkur veb-seminarlarga qo’shiling va asosiy malumotlar va stipendiyalar haqida bilib oling.
- 2021-yil 25-oktabr- 3-noyabr: Study UK: Buyuk Britaniya universitetlari onlayn ko’rgazmasi – Buyuk Britaniya universitetlari vakillari bilan yakkama-yakka uchrashuvlarni “bron qilish”, rejalaringizni muhokama qilish va o’zingizni qiziqtirgan savollarni berish uchun o’n kunlik tadbir.
- 2022-yil 8-12-fevral: Study UK: Buyuk Britaniya universitetlari bilan onlayn tanishish – agar siz oktabr va noyabr oylarida bizning onlayn yarmarkalarni o’tkazib yuborsangiz, xavotir olmang. Siz va siz tanlagan universitetga ko’proq savollar bermoqchi bo’lganlar uchun biz besh kunlik tadbir o’tkazamiz. Siz yakka uchrashuvlarni bron qilish va Buyuk Britaniya universitetlari vakillari bilan suhbatlashish imkoniyatiga ega bo’lasiz.
Hoziroq ro’yxatdan o’ting: https://study-uk-events-we.britishcouncil.org/
Ro’yxatdan o’tish bepul va Turkiya, Qozog’iston, O’zbekiston, Rossiya, Ukraina, Isroil, Albaniya, Armaniston, Ozarbayjon, Bosniya va Gertsegovina, Gruziya, Kosovo, Shimoliy Makedoniya, Chernogoriya va Serbiyadan kelgan talabalar uchun ochiqdir.
Batafsil ma’lumot uchun havola: https://www.britishcouncil.uz/uz/events/study-uk-meet-uk-universities-online
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.