Turkiyaning Radio va Televideniye eshittirishlarini tartibga solish va nazorat qilish davlat kengashi (RTÜK) tomonidan o’tkaziladigan xalqaro “Kelajak Ila Rishta” amaliy mashg’uloti bu yil Gaziantep va Shanliurfada bo’lib o’tadi.
Amaliy mashg’ulot Turkiyaning mustaqillik uchun olib borgan kurashining 100 yilligi munosabati bilan “Ozodlik kurashida aloqa vositalari” mavzusida bo’lib o’tadi. Joriy yilning 24-27-aprel kunlari o’tkaziladigan amaliy mashg’ulotda Turkiya universitetlarining kommunikatsiya fakultetlarida media va jurnalistika yo’nalishlari bo’yicha ta’lim olayotgan Markaziy Osiyo, Ozarbayjon va Bolqon davlatlaridan kelgan talabalar ishtirok etadi. Ishtirokchilar mashg’ulotda Turkiya va o’z mamlakatlaridagi ozodlik kurashlari haqida maqola, hujjatli film va grafik dizayn yo’nalishlarida taqdimotlar tayyorlashadi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, mazkur mashg’ulotda bir guruh o’zbekistonlik mutaxassislar ham ishtirok etadilar.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.