TURKIYADA TALABALAR UCHUN INTENSIV O’QUV KURSI TASHKIL ETILDI

10.01.2025

2024-yil 28-dekabrdan 2025-yil 6-yanvargacha Burdur shahrida (Turkiya) turk tilini o‘rganayotgan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari uchun turk tili bo‘yicha 10 kunlik intensiv o‘quv kursi tashkil etildi.

O‘quv kursi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti va Turkiyaning Burdur Mehmet Akif Ersoy universiteti (MAKU) o‘rtasidagi akademik hamkorlik doirasida o‘tkazildi.

Tadbir dasturiga ko‘ra, JIDU talabalari Turkiyaning MAKU universiteti o‘qituvchilari va tilshunoslari ko‘magida til bilimlarini oshirishga muvaffaq bo‘lishdi. Burdur tarixi va madaniyati bilan batafsil tanishish imkoniga ega bo‘lishdi.

Shuningdek, o‘quv kursi doirasida Mehmet Akif Ersoy universiteti rektori, doktor Huseyin Dalgar bilan ham uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida rektor O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi madaniy-gumanitar va ilmiy aloqalarni mustahkamlash tendensiyalariga to‘xtalib o‘tdi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

13 − 11 =