XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN: “PANDEMIYA DAVRIDA CHET TILLARNI O‘QITISH STRATEGIYALARI”

11.02.2021

O‘zDJTU huzuridagi Chet tillarni o‘qitishning innovatsiyaviy metodikalarini rivojlantirish Respublika ilmiy-amaliy markazi tashabbusi bilan O‘zDJTU, Yaponiyaning Sukuba universiteti, Yangi Zelandiyaning Xalqaro Pesifik universiteti (IPU) hamda “Til va adabiyot ta’limi” – “Prepodavaniye yazыka i literaturы” – “Language and literature teaching” ilmiy-metodik jurnali hamkorligida 2021-yil 16-aprel kuni “Pandemiya davrida chet tillarni o‘qitish strategiyalari” (Strategies in teaching foreign languages during the Pandemic) mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy onlayn anjuman o‘tkaziladi.

Anjumanning maqsadi koronavirus pandemiyasi davrida chet tillarni o‘qitish metodologiyasi, sohadagi texnologiyalar integratsiyasi va onlayn darslar, ularning samaradorligi hamda muammolari yuzasidan tajriba va ilmiy fikr-mulohazalar almashishdan iborat. Onlayn anjuman masofaviy ta’lim istiqbollari hamda ta’lim sifatini ta’minlashning ustuvor vazifalari yuzasidan tajriba almashishda qulay imkoniyat bo‘lib xizmat qiladi.

Anjuman ishchi tillari: o‘zbek, rus, yapon va ingliz tillari.

Anjumanning asosiy yo‘nalishlari:
1. Chet tillarni onlayn o‘qitish va o‘rganish muammolari va yechimlari.
2. Chet tillarni o‘qitishda onlayn baholash usullari va ularning samaradorligi.
3. Chet tillar bo‘yicha multimedia o‘quv materiallari va onlayn resurslarni yaratish hamda ta’lim jarayoniga tatbiq etish.
4. Ta’lim tizimining barcha bosqichlarida zamonaviy dasturlar va raqamli texnologiyalar (smart-dasturlar, raqamli ilovalar va h.k.)dan foydalanish.

Anjumanning o‘tkazilish vaqti: 16-aprel, 2021-yil.

Konferensiya haqida batafsil ma’lumot uchun AXBOROT XATI:

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

three + 16 =