XALQARO JURNALISTIKA FAKULTETINING 20 YILLIGI NISHONLANDI

13.12.2019

Joriy yilning 13-dekabr kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universitetining Xalqaro jurnalistika fakulteti tashkil topganining 20 yilligi munosabati bilan tadbir tashkil etildi.

Tadbir doirasida Xalqaro jurnalistika fakulteti tomonidan an’anaviy o’tkazib kelinadigan “Amaliyot e’tirofi” taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi. “Amaliyot e’tirofi” — fakultet talabalarining amaliyotdagi faolliklarini qo’llab-quvvatlash, ularning jurnalistika borasidagi xatti-harakatlariga motivatsiya berish va eng muhimi talabalar ijodiy ishlari ichidan saralab olingan eng munosiblarini taqdirlovchi marosim hisoblanadi.

Bu yilgi taqdirlash marosimi quyidagi nominatsiyalar asosida tashkil etildi:

  • «Yilning eng yaxshi o’qituvchisi»;
  • «Yilning eng yaxshi chop etilgan  tahliliy maqolasi»;
  • «Yilning eng yaxshi media dizayni»;
  • «Yilning eng yaxshi radio loyihasi».

Bu yilgi “Amaliyot e’tirofi” har yilgidan o’zgacha ruhda tashkillashtirildi. Unga fakultetda tahsil olgan “sobiq talabalar”, jurnalistika sohasining professionallarini taklif etilishi tadbirni keng miqyosda o’tishini ta’minlab berdi.

Ma’lumot o’rnida, Xalqaro jurnalistika fakulteti O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 26-fevraldagi qarori asosida tashkil qilingan. Hozirgi kunga qadar fakultetda N.Jurayev, F.Mo’minov, X.Do’stmuhammad, S.Umirov, M.Sa’diy, F.Mo’minova, N.Qosimova, N.Toshpo’latova, B.Alimov, A.Karimov kabi soha mutaxassislari dars bergan va bermoqda. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, Xalqaro jurnalistika fakultetida o’ziga xos va mos bo’lgan, alohida jurnalistika maktabi shakllangan.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

three − one =