Xorijiy davlatlarda o‘zbek tili, madaniyati va milliy an’analarni keng ommalashtirish, gumanitar aloqalarni mustahkamlash bilan shug‘ullanuvchi Alisher Navoiy xalqaro instituti tashkil etiladi.
Madaniy va milliy an’analarni xorijiy mamlakatlarda targ‘ib etish bo‘yicha xalqaro tajriba o‘rganiladi va takliflar tayyorlanadi.
Shuningdek, Yevropa davlatlarida Alisher Navoiy ijodiga bag‘ishlab ijodiy kechalarni tashkil etish, ularda buyuk mutafakkirning g‘azallarini o‘zbek tilida o‘qish mo‘ljallangan.