XORIJIY TILLARNI O‘QITISHNING DOLZARB MUAMMOLARIGA BAG’ISHLANGAN ONLAYN KONFERENSIYA

29.04.2019

Kuni kecha Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Xorijiy tillar kafedrasi tashabbusi bilan «Xorijiy tillarni o‘qitishning dolzarb muammolari» mavzusida xalqaro onlayn konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Xorijiy tillarni qisqa muddatda, dars mashg‘ulotlari davomida o‘qitish har bir o‘qituvchi oldida qator murakkabliklarni keltirib chiqaradi. Mazkur muammolarni turli xorijlik muataxassislar bilan birgalikda muhokama qilish va mazkur sohada amalga oshirilayotgan amaliy ishlar bilan yaqindan tanishish ushbu konferensiyaning asosiy maqsadidir.

Mazkur onlayn koneferensiyada Rosiya, Turkiya va Belorusiyaning nufuzli universitetlari olimlari ishtirok etishdi. Konferensiyaning yalpi majlisida teleko‘prik orqali eng qiziqarli ma’ruzlar tinglandi. Mazkur sohada amalga oshirilishi zarur bo‘lgan strategik vazifalar belgilab olindi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

7 + eighteen =