XORIJLIK MALAKALI EKSPERTLAR ISHTIROKIDA OTM VAKILLARI UCHUN SEMINAR-TRENING O‘TKAZILDI

04.10.2019

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tashabbusi bilan Niderlandiyaning «Elsevier» kompaniyasi bilan hamkorlikda «Ilm-fan – 2020» milliy rivojlanish dasturi doirasida yurtimizdagi oliy ta’lim muassasalarining jurnallarini nufuzli ilmiy jurnallar qatoriga kiritish bo‘yicha xorijlik ekspertlar taklif qilinmoqda.

Xalqaro miqyosda tan olingan jurnallarning mavjudligi davlatni jahonda tanilishi va e’tirof etilishining muhim omilidir.

Jumladan, shu yilning 3-4 oktyabr kunlari bir guruh yetuk xorijlik ekspertlar ishtirokida respublikadagi oliy ta’lim muassasalarining 41 ta ilmiy jurnallarining muharrirlari hamda taqrizchilari uchun qulay bo‘lgan erkin konfiguratsiyalar qo‘llanilgan noyob platformasini yaratish, oliy ta’lim muassasalarining jurnallarini nufuzli ilmiy jurnallar qatoriga kiritish mavzusida seminar-trening o‘z ishini boshladi.

Seminar-trening «Elsevier» kompaniyasining ilmiy jurnallar konsaltingi bo‘yicha vitse-prezidenti Vinchi Elizabet, Bepress jamoasi rahbari Rodjers Stefani, «Elsevier» kompaniyasining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori  Aliya Ospanova hamda kompaniyaning tadqiqot xulosalari bo‘yicha yetakchi eksperti Andrey Loktevlar tomonidan o‘tkazilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlangan «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlantirish yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturida  respublika ilmiy jurnallarini Scopus, Science Direct kabi xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazalariga bosqichma-bosqich kiritishni ta’minlash vazifalari belgilangan.

Seminar-trening davomida talab etilgan mezonlar asosida Digital Commons (http://uzjournals.edu.uz) portaliga ilmiy jurnallar kontentlarini to‘liq yuklash, jurnal konfiguratsiyasini to‘liq shakllantirish bo‘yicha amaliy ishlarni yakunlash ko‘zda tutilgan.

Manba: edu.uz

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

four − two =