XORIJLIK MUTAXASSISLAR INKLYUZIV TA’LIMNI TASHKIL ETISHDAGI XALQARO TAJRIBA BILAN O‘RTOQLASHDI
20.02.2024Yaponiyaning Gifu universiteti professori Xakumura boshchiligidagi xorijlik mutaxassislar inklyuziv ta’limni tashkil etishdagi xalqaro tajriba bilan o‘rtoqlashdilar.
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida faoliyat olib borayotgan “Inklyuziv ta’lim” ilmiy-amaliy laboratoriyasi hamda “Surdotarjima” laboratoriyasida innovatsion yondashuvlar va texnologiyalar, zamonaviy tadqiq usullariga asoslangan inklyuziv mahsulotlar yaratish, o‘qitishning samarali usullarini aniqlash, nogironligi bo‘lgan shaxslarning ta’lim olishiga ko‘maklashish borasida ilmiy-amaliy izlanishlar olib borilmoqda.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.