YAPONIYA UNIVERSITETLARI BILAN HAMKORLIK OʻRNATISH MASALASI MUHOKAMA QILINDI
22.07.2024Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Yaponiyaning Gifu prefekturasi gubernatori Furuta Hajime boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuvda tomonlar Oʻzbekiston va Yaponiya oliygohlari oʻrtasida mustahkam hamkorlik oʻrnatilganini, bu boradagi aloqalarni yanada rivojlantirish lozimligini qayd etdilar.
Oʻzbekistonlik professor-oʻqituvchilarning Yaponiyada stajirovka va malaka oshirish kurslarida muntazam qatnashib kelmoqdalar. Ayni paytda mamlakatimizning 6 ta oliygohida talabalarga yapon tili asosiy taʼlim yoʻnalishi hamda birinchi va ikkinchi chet tili sifatida oʻqitilmoqda.
Uchrashuvda transport, mashinasozlik, arxitektura va qurilish, geologiya, innovatsion texnologiyalar, metallurgiya, energetika, qayta tiklanadigan energiya manbalari texnologiyalari kabi jadal sanoat rivojlanishiga hissa qoʻshadigan sohalar uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash boʻyicha Yaponiya universitetlari bilan hamkorlik oʻrnatish masalasi muhokama qilindi.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.