“DUNYO 2050-YILDA” XALQARO SIMPOZIUMI BÖLIB ÖTDI

23.11.2026

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti taşabbusi bilan “Dunyo 2050-yilda” hamda “Tinçlik va ta’lim” mavzulariga bağişlangan xalqaro simpozium taşkil etildi.

Anjumanda Indoneziya, Turkiya, Ozarbayjon, Malayziya, Tojikiston, Misr, Janubiy Koreya, Qozoğiston, Fransiya, Xitoy, Qirğiziston va boşqa mamlakatlardan kelgan 500 nafardan ortiq talaba, yoş olim hamda xalqaro ekspert iştirok etdi.

Simpozium doirasida iştirokçilar global kelajakning dolzarb masalalarini muhokama qilib, bir qator ilmiy yönalişlarda ma’ruza va taqdimotlar bilan qatnaşdi. Xususan, sun’iy intellekt va raqamli transformatsiya, iqlim özgarişi, barqaror rivojlaniş, inklyuziv iqtisodiyot, salomatlik, ta’lim, global mobillik, madaniyat va turizm masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Anjumanning muhim tadbirlaridan biri turkiy davlatlar oliy ta’lim muassasalari örtasidagi integratsiya va hamkorlik istiqbollariga bağişlangan xalqaro davra suhbati böldi. Unda akademik mobillikni kengaytiriş, qöşma ilmiy loyihalar va ta’lim dasturlarini rivojlantiriş masalalari muhokama qilindi.Simpoziumning yopiliş marosimi Termizdagi Etno şaharçada bölib ötdi. Tadbir davomida Indoneziya ta’lim universiteti rektori, professor Didi Sukyadi tomonidan Termiz iqtisodiyot va servis universiteti ta’sisçisi J. Pardayev, rektor A. Absamatov hamda Cambridge International Sçool direktori J. Şaturayevga faxriy professor unvoni topşirildi.

Şuningdek, Termiz iqtisodiyot va servis universiteti rahbariyati tomonidan professor Didi Sukyadi hamda indoneziyalik tibbiyot mutaxassislari Dr. Alif Neoriyanto Rahman va Dr. Florencia Virawanga ham faxriy professor unvoni berildi.

Xalqaro simpozium yoşlar va olimlar uçun ilmiy tajriba almaşiş, yangi xalqaro aloqalarni yölga qöyiş hamda ta’lim va tadqiqot sohasidagi hamkorlikni rivojlantirişga xizmat qiluvçi muhim muloqot maydoniga aylandi.