3 things I learned while my plane crashed

October 9, 2019

Speaker: Ric Elias

Ric Elias had a front-row seat on Flight 1549, the plane that crash-landed in the Hudson River in New York in January 2009. What went through his mind as the doomed plane went down? At TED, he tells his story publicly for the first time.

(Video subtitrlar orasida o’zbek tilini ham topishingiz mumkin)

Uzbek Subtitles:

0:01 – 0:06
Ulkan portlashni tasavvur qiling,
3,000 fut balandlikka chiqqaningizda.¶
0:07 – 0:10
Tassavur qiling – tutunga to’lgan samolyot.
0:10 – 0:13
Tasavur qiling dvigatel qarsillayapti –
qars, qars, qars, qars.
0:14 – 0:16
Qo’rqinchli eshitiladi.
0:16 – 0:18
Men o’sha kuni alohida o’rindiqda edim.
0:18 – 0:20
Men 1D da o’tirgan edim.
0:20 – 0:23
Styuardessalar bilan faqat men suhbatlasha olardim xolos.
0:23 – 0:25
Shu bois ularga darhol qaradim,
0:25 – 0:28
ular “Muammo yo’q. Qushlarga urilib ketdik, shekilli” dedi.
0:28 – 0:30
Uchuvchi allaqachon samolyotni ortga burgan,
0:30 – 0:31
biz uncha uzoqda emasdik.
0:31 – 0:33
Manhetten ko’rinib turardi.
0:34 – 0:35
Ikki daqiqa o’tgach,
0:35 – 0:37
bir lahzada uchta hodisa ro’y berdi.
0:39 – 0:42
Uchuvchi samolyotni Hadson daryosi ustiga olib keladi.
0:43 – 0:45
Odatda bu yo’ldan uchilmasdi.
0:45 – 0:47
(Kulgu)
0:47 – 0:48
U dvigatellarni o’chiradi.
0:49 – 0:52
Tovushsiz samolyotda
bo’lishni tasavvur qilavering.
0:53 – 0:55
So’ng u uchta so’z aytadi –
0:55 – 0:57
Men eshitgan so’zlar ichida eng ta’sirsiz so’zlar:
0:58 – 0:59
“Kamarlarni mahkam bog’lang”.
1:01 – 1:04
Men styuardessaga boshqa gapirishim shart bo’lmadi.
1:04 – 1:06
(Kulgu)
1:07 – 1:09
Men uni ko’zlaridan ko’ra oldimki, bu dahshat edi.
1:09 – 1:10
Hayot tugagandi.
1:11 – 1:15
Siz bilan o’sha kuni o’zim haqimda bilib
olgan uchta narsani baham ko’rmoqchiman.¶
1:16 – 1:18
Bildimki, hammasi bir lahzada o’zgarar ekan.
1:20 – 1:21
Bizning bir uyum ro’yxatimiz bor,
1:21 – 1:24
hayotimizda qilishimiz kerak bo’lgan ishlar bor,
1:24 – 1:27
barcha uchrashmoqchi bo’lgan, lekin uchrasha olmagan insonlarni o’yladim,
1:27 – 1:29
tuzatmoqchi bo’lgan barcha ishlarim haqda,
1:29 – 1:32
barcha men his qilishni xohlagan,
va ulgurmagan narsalarni o’yladim.
1:33 – 1:36
Shu haqida keyinroq o’ylar ekanman,
1:36 – 1:37
bir fikr hayolimga keldi,
1:37 – 1:40
“Endi men vinoning yomonini keyinga olib qo’yaman”.
1:40 – 1:43
Ya’ni, yaxshi vino bo’lsa hozir bo’lsa,
men uni kechiktirmay ochaman.
1:43 – 1:46
Men endi hayotimda hech narsani keyinga surmayman.
1:47 – 1:50
Va mana shu zarurat, mana shu maqsad butun hayotimni o’zgartirdi.
1:51 – 1:53
O’sha kuni o’rgangan ikkinchi narsam –¶
1:53 – 1:56
biz Jorj Vashington ko’prigini chetlab o’tar ekanmiz,
1:56 – 1:58
tegib ketishimizga sal qolgan edi.
1:58 – 2:00
(Kulgu)
2:00 – 2:03
Men o’ylab qoldim, eh, men bir narsaga juda ham afsusdaman.
2:04 – 2:05
Men yaxshi hayot kechirdim.
2:05 – 2:07
Barcha insonlarga xos xatolar qildim.
2:07 – 2:10
Harakat qilgan hamma narsada yaxshiroq bo’lishga urindim.
2:10 – 2:13
Lekin insonlarga xos holda, ba’zan xudbinlik ham qildim.
2:14 – 2:18
Va men isrof qilgan vaqtimga achindim: ahamiyatsiz bo’lgan narsalarga
2:18 – 2:20
muhim insonlardan kechib.
2:21 – 2:23
Va men rafiqam haqida o’yladim, do’stlarim,
2:23 – 2:25
odamlar bilan munosabatlarim
2:26 – 2:28
haqida o’ylagach, men hayotimdagi
2:28 – 2:30
salbiy energiyani yo’q qilishga qaror qildim.
2:30 – 2:33
Bu mukammal bo’lmasa ham, ancha yaxshi.
2:33 – 2:36
Ikki yildan beri rafiqam bilan janjallashmadim.
2:36 – 2:37
Zo’r bo’larkan.
2:37 – 2:39
Men endi haq ekanligimni isbotlashga emas,
2:39 – 2:41
baxtli bo’lishga intilaman.
2:42 – 2:44
Men o’rgangan uchinchi narsa –¶
2:44 – 2:48
va bu xuddi sizning miyangizdagi soatga o’xshaydi – yura boshlaydi: “15, 14, 13.”
2:48 – 2:49
Suv yaqin kelayotganimizni
2:49 – 2:51
ko’rishingiz mumkin edi.
2:51 – 2:53
Men buni 20 bo’lakka aylanishini xohlamayman,
2:53 – 2:55
bu o’sha hujjatli filmlardagidek kabi edi.
2:56 – 2:58
Va biz pasayganimiz sari,
2:58 – 3:03
menda shunday his tug’ilardi – o’lish qo’rqinchli emas ekan.
3:03 – 3:06
Biz xuddi butun hayotimiz davomida shunga tayyorlangandek.
3:07 – 3:08
Lekin juda qayg’uli edi.
3:08 – 3:10
Ketishni xohlamasdim, hayotimni sevardim.
3:11 – 3:15
Va bu qayg’u bir fikrda jamlandi,
3:15 – 3:18
ya’ni men faqat bir narsani – farzandlarimning
3:19 – 3:21
ulg’ayishlarini ko’rishni istayman.
3:22 – 3:26
Taxminan bir oydan so’ng men
qizim qatnashgan tomoshada edim –
3:26 – 3:29
birinchi sinf o’quvchisi, yuksak artistik mahorat egasi
3:29 – 3:30
emas…
(Kulgu)
3:30 – 3:31
… hozircha!
3:31 – 3:33
(Kulgu)
3:33 – 3:37
Va men ho’ngrab yig’layapman,
xuddi yosh boladek.
3:38 – 3:40
Shu payt men uchun eng ahamiyatlisi shu edi.
3:41 – 3:44
O’sha paytda ana shu ikki nuqtani birlashitirish orqali angladimki,
3:44 – 3:47
menga hayotimda eng ahamiyatli bo’lgan narsa bu
3:47 – 3:48
yaxshi ota bo’lish ekan.
3:49 – 3:52
Hammasidan ham, hammasidan ham muhimi
3:52 – 3:54
hayotimdagi yagona maqsad – yaxshi ota bo’lish.
3:55 – 3:58
Menga mo’jiza tuhfa qilindi,¶
3:58 – 3:59
o’sha kuni o’lmay qoldim.
3:59 – 4:01
Menga yana bir tuhfa berildi,
4:01 – 4:04
bu kelajakni ko’rish
4:04 – 4:05
va yana qaytib kelish,
4:05 – 4:07
o’zgacha hayot kechirish.
4:08 – 4:11
Bugun uchayotgan yigitlar, sizga taklifim, tasavvur qiling,
4:11 – 4:14
xuddi shu holat sizning samolyotingizda ro’y bersa –
4:14 – 4:15
ilohim, bunday bo’lmasin,
4:15 – 4:18
lekin tasavvur qiling, qanday o’zgargan bo’lardingiz?
4:18 – 4:19
Nima qilgan bo’lardingiz,
4:19 – 4:23
doim shu yerda qolaman deb o’ylab kechga surib yurgan qaysi ishingizni?
4:23 – 4:25
Munosabatlaringizni va ularning salbiy
4:25 – 4:26
ta’sirini qanday o’zgartirardingiz?
4:26 – 4:29
Va eng muhimi, qo’lingizdan kelgancha
yaxshi ota bo’lyapsizmi?
4:30 – 4:31
Rahmat.

4:31 – 4:34
(Olqishlar)

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

10 − eight =