Beautiful new words to describe obscure emotions

July 30, 2019

Speaker: John Koenig

John Koenig loves finding words that express our unarticulated feelings — like “lachesism,” the hunger for disaster, and “sonder,” the realization that everyone else’s lives are as complex and unknowable as our own. Here, he meditates on the meaning we assign to words and how these meanings latch onto us.

Source:
https://ted.com/

Uzbek Subtitles:

0:01 – 0:05

Men bugun so’zlarning ma’nolari haqida gapirmoqchiman. ¶

0:05 – 0:06

Ularni qanday belgilashimiz,

0:06 – 0:08

va ular bizdan qanday revansh olishi,

0:08 – 0:09

bizni qanday belgilashlari haqda.

0:09 – 0:13

Ingliz tili sehrli shimgich (gubka) ga o’xshaydi. ¶

0:13 – 0:15

Men bu tilni sevaman va unda gapira olishimdan mamnunman.

0:15 – 0:17

Lekin ingliz tilida ham bo’shliqlar bor.

0:18 – 0:21

Grek tilida shunday bir so’z bor – “lacheism”,

0:21 – 0:24

bu falokatga tashnalikni anglatadi.

0:25 – 0:28

Bu siz ufqda bo’ronni ko’rayotib,

0:28 – 0:31

uni sabrsizlik bilan kutishingiz.

0:32 – 0:34

Shimoliy Xitoy tilida “yuyi” degan so’z bor,

0:34 – 0:36

men uni noto’g’ri talaffuz qilaman.

0:36 – 0:40

Bu nimadir tomonidan qo’lga olingan bo’lishni xoxlashni anglatadi.

0:40 – 0:42

Odatda bunaqasi bolalikda bo’ladi.

0:44 – 0:47

Polyak tilidagi “juska” so’zi,

0:47 – 0:50

bu ongimizda, boshimizda o’tkazadigan

0:50 – 0:53

gipotetik suhbatga o’xshaydi.

0:54 – 0:58

Va nihoyat, nemis tilida,

0:58 – 1:00

“silshmerts” so’zi bor,

1:00 – 1:04

bu o’z istaganimizga erishishdan qo’rqishni anglatadi.

1:04 – 1:08

(Kulgu) ¶

1:08 – 1:10

Nihoyat butun bir hayotimiz orzusini amalga oshirish. ¶

1:12 – 1:15

O’zim aslida nemisman, shunday ekan bu tuyg’u menga yaxshi tanish.

1:15 – 1:18

Bu so’zlar menga kerak bo’lishiga ishonchim komil emas. ¶

1:18 – 1:19

Kundalik hayotda.

1:19 – 1:22

Lekin men ularning mavjudligidan hursandman.

1:22 – 1:25

Biroq ular faqat men ularni o’ylab topganim uchun mavjud.

1:25 – 1:29

Men “Sirli qayg’u lug’ati” ning muallifiman. ¶

1:29 – 1:32

Uni so’ngi 7 yil davomida yozganman.

1:32 – 1:34

Loyihaning maqsadi —

1:34 – 1:39

tildagi emotsiyalarni tasvirlovchi bo’shliqlarni qidirish,

1:39 – 1:41

ularni to’ldirish,

1:41 – 1:44

til orqali biz xis qiladigan barcha nozikliklar

1:45 – 1:47

va g’alati yoki murakkab hissiyotlarni

1:47 – 1:51

ifoda eta olish uchun shu kabi so’zlarni

1:51 – 1:54

o’ylab topishdir.

1:54 – 1:56

Loyihaning o’rtalariga kelib, ¶

1:56 – 1:58

“sonder” so’ziga ta’rif berdim:

1:58 – 2:01

uning g’oyasi shundaki, hammamiz o’zimiz haqimizda asosiy qahramon

2:01 – 2:04

sifatida o’ylaymiz, qolganlar biz uchun statistlar.

2:04 – 2:07

Lekin aslida hammamiz asosiy qahramonlarmiz,

2:07 – 2:10

sizning o’zingiz esa kimningdir tarixida olomonsiz.

2:11 – 2:14

Buni nashr qilgach,

2:14 – 2:16

juda ko’p insonlardan fikrlarini,

2:16 – 2:21

“Butun umr davomida his qilganlarimizni tushuntirib berganingiz uchun rahmat”

2:21 – 2:24

kabi tashakkurnomalar oldim.

2:24 – 2:25

Ular endi o’zlarini yolg’iz his qilmasdi.

2:26 – 2:28

Mana so’zlarning kuchi nimada,

2:29 – 2:32

ular yolg’izlik hissini yo’qotadi.

2:32 – 2:34

Nashrdan keyin tez orada, ¶

2:34 – 2:36

“sonder” so’zini onlayn-muloqotda

2:36 – 2:40

jiddiy qo’llay boshlashganini guvohi bo’la boshladim.

2:40 – 2:43

Yana biroz vaqt o’tib esa

2:43 – 2:47

men bu so’zni jonli muloqotda eshitib qoldim.

2:47 – 2:49

G’alati bir tuyg’u xis qilasiz, qachonki,

2:49 – 2:53

siz o’ylab topgan so’z sizdan alohida yashashni boshlaganida.

2:54 – 2:56

Menda buning uchun hozircha yangi so’z yo’q.

2:56 – 2:57

(Kulgu) ¶

2:57 – 2:58

Buning ustida ishlayman. ¶

3:00 – 3:02

Men so’zlarni nima haqiqiy qilishi haqida o’ylanib qoldim, ¶

3:04 – 3:05

chunki ko’pchilik buni so’raydi.

3:05 – 3:07

Ko’pincha shunday:

3:07 – 3:11

“Bu so’zlar o’ylab topilganmi? Negadir tushunmayapman”.

3:11 – 3:13

Va men rostdan ham qanday javob berishni,

3:13 – 3:15

“sonder” qanday qilib iste’molga kirganini bilmayman,

3:15 – 3:17

umuman so’zlarnining realligini baholashga haqlimanmi…

3:18 – 3:22

Natijada men o’zimni xuddi miyasiga yangi fikr kelgan Stiv Jobsdek his qildim.

3:22 – 3:26

Hayotda ko’pchiligimiz boshimizni tez-tez

3:26 – 3:29

devorga urilishidan qochishga harakat qilamiz,

3:29 – 3:32

va oldinga qarab intilamiz.

3:32 – 3:34

Va qachonki dunyo bizdan aqlliroq bo’lmagan

3:36 – 3:40

insonlar tomonidan yaratilganini tushunganingizda,

3:40 – 3:42

qo’lingizni ko’tarib, o’sha devorni ushlaysiz,

3:42 – 3:44

hattoki devorning narigi tomoniga o’ta olishingiz

3:44 – 3:46

sizda bu dunyoni o’zgartira olish uchun kuch bor ekanligini tushunasiz.

3:47 – 3:51

Va menga “Bu so’zlar haqiqiymi?” deb savol berishganida, ¶

3:51 – 3:53

men bularga javoblar qidirardim, va odatda

3:53 – 3:55

javoblar ba’zan aqlli, ba’zan be’mani bo’lardi.

3:55 – 3:57

Masalan:

3:57 – 4:00

“So’z aynan siz u haqiqiy bo’lishini xoxlaganingizda haqiqiyga aylanadi”.

4:00 – 4:04

Xuddi mana bu yo’lakka o’xshab: insonlar uni shu yerda bo’lishini xoxlaganlari uchun u – haqiqiy.

4:04 – 4:06

(Kulgu) ¶

4:06 – 4:08

Talabalar shaharchalarida bunday tekisliklar ko’p. ¶

4:08 – 4:10

Bu “orzu yo’lakchasi”.

4:10 – 4:11

(Kulgu) ¶

4:11 – 4:13

Keyin men shunday o’yladim: aslida so’zlarning ¶

4:13 – 4:16

haqiqiyligi borasida so’rayotib, ular bu so’zlarni

4:16 – 4:20

qanchalik darajada ishlata olishlari haqida bilishni xohlashadi.

4:21 – 4:24

Chunki, o’ylashimcha, biz tilni aynan shunday ishlatamiz.

4:24 – 4:27

So’z – bu kalitga o’xshaydi,

4:27 – 4:30

u bizga insonlarning fikrlarini ochadi.

4:30 – 4:32

Agar so’zni faqat bitta inson tushunsa,

4:33 – 4:34

u unchalik ahamiyatli,

4:34 – 4:35

qimmatli emas.

4:35 – 4:38

Ikkita inson — ularning kim ekanliklariga bog’liq.

4:38 – 4:40

Million — yaxshi, bu boshqa gap.

4:41 – 4:47

Natijada so’zlarning haqiqiyligi, uning qancha insonga tanish ekanligiga bog’liq.

4:47 – 4:51

Qanchalik ko’p bo’lsa, shuncha yaxshi, demak bu so’z shunga arziydi.

4:51 – 4:54

Shu fikr bo’yicha biz aytishimiz mumkinki, eng haqiqiy so’z bu ¶

4:54 – 4:57

[O.K.] ¶

4:57 – 4:58

U mavjud so’zlar ichida ¶

4:58 – 4:59

eng haqiqiysidir.

4:59 – 5:02

U xuddi barcha eshiklarga kalitdek.

5:02 – 5:04

Dunyoning har bir burchagida har bir inson

5:04 – 5:06

tushuna oladigan so’z.

5:06 – 5:07

Muammo shundaki,

5:07 – 5:10

bu ikkita harfning asl ma’nosini hech kim bilmaydi.

5:10 – 5:12

(Kulgu) ¶

5:12 – 5:14

Bu g’alati, shunday emasmi? ¶

5:14 – 5:17

Bu «all correct» ning noto’g’ri yozilgan shakli bo’lishi mumkin,

5:17 – 5:19

yoki “Old Kinderhook”.

5:19 – 5:23

Hech kim bilmaydi, lekin bu muhim emas,

5:23 – 5:26

aslida o’zimiz uni turli ma’nolar bilan boyitamiz.

5:26 – 5:29

Ma’no so’zning o’zida mujassam emas.

5:30 – 5:33

Biz unga ma’no taqdim etamiz.

5:33 – 5:37

O’ylaymanki, so’zlar bizga hayotimiz mazmunini ¶

5:38 – 5:40

topishda qaysidir darajada

5:40 – 5:43

yordam bera oladi.

5:44 – 5:47

Agar siz nimanidir ma’nosini qidirayotgan bo’lsangiz,

5:47 – 5:49

lug’at siz uchun ajoyib yordamchi.

5:50 – 5:52

U bizga mazmun taqdim etadi va bu murakkab

5:52 – 5:54

dunyoda tartib o’rnatadi.

5:55 – 5:57

Bizning narsalarga bo’lgan tasavvurimiz

5:58 – 6:00

shunchalar chegaralanganki, biz shartli ma’nolarga o’rganganmiz.

6:00 – 6:03

Va ba’zi sirlarni ochishga harakat qilamiz,

6:03 – 6:05

ularni hayotimizda qo’llashga intilamiz.

6:05 – 6:09

Lekin so’zlar bizga ko’proq ular bizni to’ldirib turishi uchun ham kerak.

6:09 – 6:11

Menimcha ko’pchiligimiz o’zimizni ma’lum bir ¶

6:12 – 6:14

ramkani ichida, chegaralangandek his qilamiz.

6:14 – 6:16

Biz so’zlar o’ylab topilgani haqida unutib qo’yamiz.

6:16 – 6:19

Nafaqat mening so’zlarim, barcha so’zlar o’ylab topilgan.

6:19 – 6:21

Lekin ularning hammasi ham ma’no anglatmaydi.

6:22 – 6:26

Hammamiz ham o’z leksikonimiz tuzog’ida joylashganmiz.

6:26 – 6:31

Va u boshqa insonlarniki bilan bir xil bo’lishi shart emas.

6:31 – 6:35

Biz so’zlarni qanchalik jiddiy qabul qilsak,

6:35 – 6:37

bu kabi farqlar yanada kattayaveradi.

6:40 – 6:43

Shuning uchun ham unutmangki: so’zlar haqiqiy emas. ¶

6:44 – 6:46

Ma’nolarni ular emas, biz saqlaymiz.

6:46 – 6:49

Yakunda, sevimli faylasuflarimdan biri ¶

6:50 – 6:52

Bill Uoterson, “Kelvin va Xobbs” komiksi

6:52 – 6:55

muallifining so’zlarini keltirmoqchiman.

6:55 – 6:56

U shunday degan:

6:57 – 7:01

“Sizning qadriyatlaringizni aks ettirib, ruhingizni shod etadigan hayot qurish,

7:01 – 7:03

juda mushkul yutuq.

7:03 – 7:05

O’z hayot yo’lingizni o’ylab topish

7:05 – 7:07

oson ish emas,

7:07 – 7:08

lekin iloji bor. Va o’ylaymanki,

7:08 – 7:11

alabatta harakatlaringiz uchun taqdirlanasiz”.

7:11 – 7:13

Rahmat. ¶

7:13 – 7:15

(Qarsaklar)

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

five + 6 =