Grit: The power of passion and perseverance

October 5, 2019

Speaker: Angela Lee Duckworth

Leaving a high-flying job in consulting, Angela Lee Duckworth took a job teaching math to seventh graders in a New York public school. She quickly realized that IQ wasn’t the only thing separating the successful students from those who struggled. Here, she explains her theory of “grit” as a predictor of success.

(Video subtitrlar orasida o’zbek tilini ham topishingiz mumkin)

Uzbek Subtitles:

0:01 – 0:03
27 yoshligimda, menejment konsaltingi

0:03 – 0:06
sohasidagi talabgir ishimni tashlab,
undan-da
0:06 – 0:10
talabgir bo‘lgan boshqa ishga o‘tdim:
o‘qituvchilikka. Men Nyu-Yorkga davlat
0:11 – 0:14
maktablarida 7-sinf o’quvchilariga
matematikadan dars
0:14 – 0:15
berish uchun bordim.¶
0:16 – 0:19
Va har bir o‘qituvchi kabi, nazorat
ishlari va testlar oldim.
0:19 – 0:20
Uyga vazifalar berdim.
0:21 – 0:24
Uy ishlari qaytib kelganda baholarni
hisoblab chiqardim.
0:25 – 0:29
Meni shu hayron qoldirdiki, mening eng
yaxshi va eng yomon¶
0:29 – 0:32
o‘quvchilarim o‘rtasidagi yagona farq
IQda emas edi.
0:33 – 0:37
Eng kuchli o‘quvchilarning
ba’zilarida IQ darajasi u darajada
0:37 – 0:38
yuqori emas edi.
0:38 – 0:42
Eng aqlli o’quvchilarimning ba’zilari esa
uncha yaxshi o‘qimayotgandi.
0:42 – 0:44
Ana shu meni o‘yga toldirdi.
0:44 – 0:47
7-sinf matematikasida o‘rganilishi kerak
bo‘lgan mavzular,
0:47 – 0:52
albatta, qiyin edi: nisbatlar, o‘nlik
sanoq, parallelogrammning yuzi.
0:53 – 0:55
Lekin ularni tushunish imkonsiz emas edi
0:55 – 0:58
va men o‘quvchilarimning har biri
0:58 – 1:02
yetarlicha qattiq va uzoq vaqt o‘z
ustida ishlasa, o‘quv dasturini o‘zlashtira
1:02 – 1:04
olishiga ishonchim komil edi.
1:05 – 1:07
Yana bir necha yil muallimlik
qilganimdan keyin,¶
1:07 – 1:11
men ta’limda biz o‘quvchilarni va
o‘rganish jarayonini
1:11 – 1:15
motivatsion va psixologik
nuqtai nazardan
1:15 – 1:17
ancha ko‘proq anglashimiz zarur
1:17 – 1:19
degan xulosaga keldim.
1:20 – 1:25
Ta’limda biz o‘lchashni eng yaxshi
eplaydiganimiz IQdir.
1:26 – 1:30
Lekin maktabda va hayotda
muvaffaqiyatga erishish
1:30 – 1:32
tez va oson o‘rganib olish qobiliyatidan
1:32 – 1:36
ancha ko‘prog‘iga bog‘liq bo‘lsachi?
1:36 – 1:38
Shunday qilib men sinfxonani tark etdim¶
1:38 – 1:41
va psixolog bo‘lish uchun
magistraturaga kirdim.
1:42 – 1:44
Men bolalar va kattalarni barcha turdagi
1:44 – 1:47
o’ta sinovli sharoitlarda o‘rgana
boshladim,
1:47 – 1:49
va har bir izlanishda mening oldimda
“Bu yerda kim
1:49 – 1:52
zafar quchmoqda va nega?” degan savol
turardi.
1:52 – 1:56
Men tadqiqot jamoam bilan West Point
harbiy bilim yurtiga bordik.
1:56 – 1:57
Biz kadetlardan qay
1:57 – 1:58
biri harbiy ta’limda
1:58 – 2:02
qolishi va qaysilari uni tashlab
ketishini bashorat qilishga urindik
2:02 – 2:05
Biz AQShdagi Milly Imlo Tanloviga
bordik va
2:05 – 2:09
bolalardan qaysilari musobaqada uzoqroqqa
borishini taxmin qilishga urundik.
2:10 – 2:14
Biz ishlash juda og‘ir bo‘lgan tumanlarga
dars berish uchun
2:14 – 2:17
yangi kelgan muallimlardan qaysilari
shu yerda o‘qituvchiligini
2:17 – 2:19
o‘quv yili oxirigacha davom ettirarkan va
2:19 – 2:22
ulardan qaysilari o‘z o‘quvchilarining
o‘zlashtirish
2:22 – 2:25
natijalarini yaxshilay olarkan deb
izlandik.
2:26 – 2:28
Xususiy kompaniyalar
sotuvchilaridan
2:28 – 2:31
qaysilari o‘z ishlarini saqlab qolishi
va kim eng ko‘p
2:31 – 2:32
pul topishini so‘rab, hamkorlik qildik.
2:33 – 2:35
Mana shu barcha turfa shart-sharoitlarda
2:35 – 2:40
bir xususiyat muvaffaqiyat
bashoratlovchisi sifatida ajralib chiqdi.
2:40 – 2:42
Bu ijtimoiy aql-idrok emas,
2:43 – 2:46
yaxshi tashqi ko‘rinish, jismoniy
tetiklik emas,
2:46 – 2:47
va IQ ham emas edi.
2:48 – 2:49
Bu matonat edi.
2:50 – 2:54
Matonat – bu juda uzoq muddatli maqsadlar
uchun ishtiyoq va tirishqoqlikka¶
2:54 – 2:55
ega bo‘lishdir.
2:55 – 2:57
Matonat bu qat’iyatli bo‘lish demak.
2:57 – 3:01
Matonat – kelajakdagi maqsadlarga sodiq
bo‘lish demakdir, kundan kunga,
3:01 – 3:05
shunchaki bir hafta emas, shunchaki
bir oy emas, balki yillar davomida¶
3:06 – 3:09
va o‘sha kelajakni ro‘yobga chiqarish
3:09 – 3:11
uchun jon-jahdi bilan ishlash matonatdir.
3:11 – 3:15
Matonat hayotni sprintdagidek emas,
marafondagidek yashab o‘tishdir.
3:16 – 3:20
Bir necha yillar oldin, men Chikagodagi
davlat maktablarida matonatni
3:20 – 3:21
tadqiq qila boshladim.
3:21 – 3:23
Men minglab bitiruvchi sinfidagilardan
3:23 – 3:25
matonat so‘rovnomalarini to‘ldirishni
so‘radim va¶
3:26 – 3:27
kim bitirishini ko‘rish uchun bir
3:27 – 3:29
yildan oshiqroq vaqt poyladim.
3:29 – 3:32
Ma’lum bo‘ldiki, matonatliroq
bolalarning maktabni
3:32 – 3:35
bitirish ehtimoli sezilarli darajada
yuqori ekan.
3:35 – 3:38
Hattoki men hisoblashim mumkin bo‘lgan
har bir
3:38 – 3:41
xususiyatlar, masalan, oilasining
daromadi, standartlashtirilgan
3:41 – 3:43
o‘zlashtirish imtihon baholari, hatto
bolalar
3:43 – 3:47
maktabligida qanchalik o‘zini xavfsiz
his qilishini solishtirib ko‘rganimda ham.
3:48 – 3:50
Demak, matonat faqatgina
harbiy bilim yurti yoki Milliy
3:50 – 3:52
Imlo Tanlovidagina katta ahamiyatga ega emas.
3:52 – 3:53
U maktablarda ham muhim,
3:53 – 3:56
ayniqsa o‘qishni tashlash xavfi bor
bolalar uchun.
3:57 – 3:59
Matonatni tadqiq qilib, uni shakllantirish
haqida
3:59 – 4:02
biz qanchalik oz bilishimiz, ilm-fanga
qanchalik oz ma’lumligi
4:02 – 4:05
meni eng hayratga solgan narsa bo‘ldi.
Har kuni mendan
4:05 – 4:06
ota-onalar va
4:06 – 4:07
o‘qituvchilar
4:07 – 4:10
so‘rashadi: “Bolalarda qanday qilib
matonatni shakllantiraman?¶
4:10 – 4:13
Ularga mustahkam ish o’rgatish uchun
nima qilishim kerak?
4:13 – 4:16
Ularning motivatsiyasini uzoq vaqtga
qanday ushlab tursa bo‘ladi?”¶
4:16 – 4:18
Ochiqchasiga javob bersam,
4:18 – 4:19
Men bilmayman.
4:19 – 4:19
(Kulgi)
4:20 – 4:23
Biladiganim shuki, iqtidor sizni matonatli
qilib qo‘ymaydi.
4:23 – 4:25
Bizdagi ma’lumotlar aniq-ravshan
qilib shuni
4:26 – 4:28
ko‘rsatadiki, o‘z majburiyatlarini ado¶
4:28 – 4:31
etishda sobitqadam bo‘lmagan ko‘p
iqtidor egalari bor.¶
4:32 – 4:35
Aslida, bizdagi ma’lumotlarda matonat
iqtidor
4:35 – 4:39
o‘lchovlariga odatda bog‘liq emas,
yoki hatto ziddir.
4:39 – 4:44
Shu paytgacha bolalarda matonatni
shakllantirish bo‘yicha eshitganlarimning
4:44 – 4:48
eng zo‘ri “growth mindset”, ya’ni
o‘sishga moyil qarashdir.
4:48 – 4:51
Bu Stenford Universitetida Karol Dvek
tomonidan yaratilgan g‘oya bo‘lib,
4:51 – 4:56
o‘rganish qobiliyati turg‘un emas, uni o‘z¶
4:56 – 4:59
sa’y-harakatlaringiz bilan o‘zgar-
tirishingiz mumkinligiga ishonishdir.
4:59 – 5:01
Doktor Dvek shuni ko‘rsatdiki,
5:01 – 5:06
bolalar miya va uning qiyinchiliklarga
javoban o‘zgarishi va rivojlanishi
5:06 – 5:09
haqida o‘qib, o‘rganar ekanlar,
muvaffaqiyatsizlikka
5:09 – 5:11
uchraganlarida shunchalik tirishadilarki,
5:12 – 5:16
chunki ular muvaffaqiyatsizlikni
doimiy holat emasligiga ishonadilar.
5:16 – 5:20
Shunday qilib “o‘sishga moyil qarash”
matonatni shakllantirish uchun ajoyib g‘oya.
5:20 – 5:23
Lekin bizga bundan ko‘prog‘i kerak.
5:23 – 5:25
Shu yerda esa men o‘z xulosalarimni tugataman,
5:25 – 5:27
sababi biz xali shu joyidamiz.¶
5:27 – 5:28
Oldimizda shunday ish turibdi-da.
5:28 – 5:31
Biz o‘zimizning eng yaxshi g‘oyalarimiz
va eng kuchli
5:31 – 5:34
intuitsiyalarimizni sinashimiz zarur.
5:34 – 5:38
Ishimiz omadli chiqqani yo
chiqmaganini aniqlashimiz,
5:38 – 5:41
muvaffaqiyatsizlikka uchrash, xato
qilishga va yana
5:41 – 5:44
qaytadan boshlashga tayyor
bo‘lishimiz lozim.
5:45 – 5:48
Boshqacha qilib aytganda, biz
bolalarimizni matonatliroq
5:48 – 5:51
qilish uchun matonatliroq bo‘lishimiz
kerak.
5:51 – 5:51
Rahmat.
5:51 – 5:52
(Qarsaklar)

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

one × three =