Ko’p yillar men do’stim Sherlok Xolms bilan Londonda bitta kvartirani bor-birimiz bilan baham ko’rib yashadik.
Mening ismim Doktor Uatson. Men bir necha yillardan beri Britaniya armiyasida shifokor bo’lib ishladim. O’sha paytlari armiyada bo’lganimda, men o’zim kutmagan qiziqarli joylarda ko’p safarda bo’lganman. Menda ko’pgina qiziqarli sarguzashtlar bo’lgan.
Bir kun Afg’onistondaligimda yelkamdan qattiq zarb yedim. Mening jaroxatim juda og’ir bo’lib u ko’p oylar davomida tuzaldi. Men qattiq og’riq va isitmadan kuchsizlanib qoldim. Oxirgi paytlarda o’zimni biroz yaxshi his qildim biroq armiyada ko’p ishlay olmadim. Men ishimdan istefoga chiqib Anglyaga qaytib ketdim.
Shuning uchun men Londonda Sherlok Xolms bilan yashayotgandim. Men do’stimni ko’p yillardan beri bilardim. Bizning manzil shahar markazidagi 221 B Nonvoy ko’chasi bo’lgan.
Men do’stim Xolms bilan o’sha kvartirada baxtli xayot kechirganman. Mening do’stim juda aqilli inson edi. U Londondagi eng mashxur maxfiy isquar edi. U jinoiy ishlarni hal qilish va jinoyatchilarni ushlashga yordam bergan. Qachonki odamlar tashvishlar ichida qolib yordamga muhtoj bo’lganlarida, ular Xolmsning oldiga tashrif buyurishgan. Ba’zan inspektorning o’zi ham Xolmsning oldiga kelib jinoyatchilarni ushlashda yordam berishini so’rardi.
Sherlok Xolms o’zining mijozlarini boy yoki kambag’al inson bo’lishidan qati nazar u o’z yordamini ayamaydi. U ularning qiziqarli muammolarini yechishdan zavqlanadi. Qachonki u ishlayotganida juda ham baxtli bo’lgan edi. Uning hayotida juda muhim narsalar bo’lgan.
Bir kuni kunduzi chamasi soat birlar orasi, men kitob o’qiyotgan edi, do’stim Xolms esa biz o’tirgan xonaning derazasi oldida turgan edi. Odatta u juda band va faol bo’lgan. Biroq osha kuni u juda hafa ko’rindi. Men do’stimni bunday axvolda ko’rib juda tashvishlandim.
Bugun senga nima bo’lyapti do’stim deb men undan so’radim. Uatson deraza oldiga kelib turdi, Xolms dedi. Ko’chaga qara. Bugun London qanchalar qiziqarsiz ekanligini ko’r.
Hozir qish. Ko’cha deyarli bo’m- bo’sh edi. Har bir kishi ularning alangada ilitilgan uyining oldida edi. Xolms sabrsizlik bilan Uatsonga biroz ishlashi kerakligini aytdi. Men qiziqarli va sirli muammolarsiz yashay olmayman. Shuning uchun ham men maxsus isquar bo’lganman. Men o’z kasbimni sevaman. Bu meni miyamning ish faoliyatini yaxshi saqlaydi. Biroq, qachonki jinoyatlar va sir sinoatlar hal bo’lmasa-afsuski hayot men uchun juda zerikarli bo’ladi. U deraza tomondan xafa bo’lgancha o’grilib qaradi. O’sh paytda eshik taqilladi. Bizning uy bekamiz xonaga keldi. U kumush patnisda kichkina oq konvertni ko’tarib keldi. Xolms konvertni olib keldi. U ovoz chiqarib o’qidi, Mary Morstan xonim. Men ularni har-birini ismini eslab qololmayman. Honim iltimos qilib so’radi. Ehtimol u yangi mijozdir.
Biroz kechikib, Morstan xonim xonaga kirdi. U ko’zlari ko’k, sochlari sariq, uncha uzun bo’lmagan yosh ayol edi. Uning kiyimlari zamonaviy bo’lmasada biroq toza va o’ziga mos edi. Uning yuzida qandaydir farishta bor edi. Men uni hafa va tashvish bilan qaraganini sezdim.
Morsten xonim iltimos o’tiring , dedi muloyimlik bilan Xolms. Men Sherlok Xolms man bu mening eng yaqin do’stim Doktor Uatson. Doktor Uatson va men ko’p yillar davomida birga ishlaganmiz.
“Men sizlarni ikkalangizni ham uchratganimdan xursandman” dedi yosh xonim. Keyin u Xolms tomonga qarab uni chiroyli ko’k ko’zlariga boqdi. Janob Xolms men sizni odamlarga yaxshi maslaxat berasiz deb eshitdim. Men boy ayol emasman. Biroq shunday bo’lsada siz menga yordam berasiz deb umid qilaman. Kutilmaganda bir narsa sodir bo’ldi. Janob Xolms men sizning yordamingizga muhtojman!
2
Morstan xonimning hikoyasi
Xolms xursand bo’lib ikkala qo’lini bir biriga ishqaladi. Uning ko’zlaridan nur yog’ildi va uning kursisi oldiga egildi. Siz hikoyangizni bizga ayting , dedi u.
Morstan xonim hikoyani aytishni boshladi va biz uni tingladik.
“Mening otam, u armiyada kapitan bo’lgan. Qachonki men yosh bo’lgan paytlarimda u meni Xindistonga olib kelishni iltimos qilgan. Mening onam vafot etgan, va mening Anglyada boshqa qarindoshlarim yo’q edi. Shunday qilib otam meni boshqa joyga maktabga olib keldi.
Men 17 yoshligimda otamdan maktub oldim. O’shanda u o’z maktubida Hindistonni tark etib Angliyaga qaytib ketganini aytgan edi. U menga Londondagi mehmonxona manzilini berdi. U mendan u yerda u bilan uchrashishimni so’radi.
Men, men uchun aziz bolgan insonim bilan yana ko’rishganimdan baxtiyor edim. Men Londondagi mehmonxonaga yetib keldim. Men Kapitan Morstan xonimdan otam haqida so’radim. Biroq mehmonxona ish boshqaruvchisi otam uyerda bo’lmaganini, u kun botmasdan oldin ketganini va qaytib kelmaganini aytdi.
Men uni bir sutka davomida kutdim, biroq u mehmonxonaga qaytmadi. Axiyri men militsiyaga xabar berdim. Ular barcha gazetalarga e’lon berishni aytdi, biroq bu men kutgan natijani bermadi. Men qadirdonim bilan yana qayta ko’rishmadim”.
Morstan xonim baqirib yig’lashni boshladi.
Xolms uning daftarini ochdi. Otangiz qaysi sanada g’oyib bo’lgan deb? so’radi u.
Taxminan 10 yil ilgari 1878 yil 3 dekabrda bo’lgan.
Bu hodisa qanday sodir bo’lgan?
Morstan xonim uni mehmonxonada bo’lmaganini yana bir bor qaytardi. Ushbu sandiqda (chemadanda) ba’zi kitoblar va kiyimlar, Andaman orollari[1] rasmlari va zeb-u ziynat buyumlari mavjud edi.
Andaman orollari. Ular nima o’zi?, deb so’radim. Morstan xonim Hindiston qirg’og’i yaqinidagi kichik orollchalar ekaniligini aytdi. Orollarning birida qomoqxona bor. O’sha zobitlarning bittasi mening otam. U ko’p yillar shuyerda ishlagan.
Otangizni Londanda do’stlari bormi?, deb so’radi Xolms. Faqat bitta Major Sholto bo’lgan. Shuningdek, u Andaman orollaridagi mahbuslarga javobgar bo’lgan. Mayor armiyadagi ishidan istefoga chiqishdan biroz oldin mening otam yo’qolgan. U Londonda yashayapti albatta, men uni ko’rgani bordim. Biroq u mening otamni Angliyaga qaytib kelganini bilmaydi.
Sizning hikoyangiz juda qiziqarli, iltimos davom eting ,dedi Xolms qo’llarini bir-biriga ishqalagan xolda. Mening otam to’rt yillardan keyin g’oyib bo’ldi, men gazetalardagi e’lonlarni ko’rishda davom ettim, dedi Morstan xonim. Bu sana 1882 yil 4 may bo’lgan. Bundan xayratlanib, reklamachidan Mary Morstan xonimning manzilini so’radi. Agar men o’z manzilimni e’lon qilganimda dedi,men biroz yaxshi xabarlarni olardim. Nima qildingiz? deb Xolms so’radi. Men o’z manzilimni shunga o’xshash gazetalarda e’lon qildim. Kelasi kuni men, kichkina qalin qog’ozli qutichani oldim. Qutichaning ichida chiroyli dur bor edi. Shundan so’ng men 5ta durni qabul qilib oldim. Ular aynan har yili o’sha kunda kelardi. U qutichani ochdi va oltita chiroyli durlarni ko’rdi. Durlar bilan birga maktub ham bo’lmaganmi?, so’radi Xolms. Morstan xonim xech narsa bo’lmaganini takidladi. Keyin u davom etdi. Biroq tasodifan erta tongda xursandchilik ro’y berdi. Nimagadir men sizni ko’rishga keldim. Erta tongdan men maktub qabul qildim. Iltimos uni o’qing. Rahmat bu sizga, dedi Xolms. U maktubni olib diqqat bilan uni o’rgandi, keyin u maktubni menga uzatib yubordi.
London 1887 yil 17-noyabr.
Qadrli Morstan xonim,
Kechqurun soat 7 da Lyceum Theatre ( Litsey Teatri) [2]ga boraman. Xonaga kiraverishda chap tomonda turing. Agar siz qo’rqsangiz, ikkita o’rtog’ingizni olib keling. Biroq militsiyani olib kelmang.
Siz aldandingiz, biroq siz haqiqatni o’rganing.
Sizni notanish do’stingiz.
Bu maktub qanday ma’noni anglatadi? deb so’radi Morstan xonim. Men qo’rqaman. Janob Holmas men nima qilishim lozim?. Siz juda aqlli insonsiz va menga yaxshi maslaxat bera olasiz.
Xolms xursand bo’lib sakradi. Biz bugun kechki payt uchalamiz siz men va Doctor Uatson Lyceum Theatre (Litsey Teatri) ga boramiz. Maktubda ikkita o’rtog’imni olib borishim so’ralgan. Siz biz bilan kelasiz janob Uatson shundaymi?.
Albatta, dedi u. men xursand bo’lib ketdim. Men to’g’risini aytdim. Men, Morstan xonimga yordam berishni hoxladim. Siz har ikkilasigayam mehribonsiz, dedi Morstan xonim. Men otamni yo’qotganimdan beri, bu dunyoda yolg’izlanib qoldim (o’zimni yolg’iz xis qilardim). Meni do’stim ham yo’q kimdan yordam so’rashimni ham bilmayman. Biz bugin qaysi payt uchrashamiz?
Xolms televizor ko’rayotgan edi.
Hozir uch yarim bo’ldi, dedi u. Soat oltida qaytib keaman. Qo’rqmang, Morstan xonim. Bugun kechqurun biz siz bilan birga Lyceum Theatre (Litsey Teatri) ga boramiz. Biz sizning notanish do’stingiz bilan uchrashamiz. Biz bu muammoni yechishda sizga yordam berishga harakat qilamiz.
“Katta rahmat sizga”, dedi Morstan xonim. U bizga tabassum qildi va xonadan chiqib ketdi. Qanday yaxshi ayol-a, deb takidladim.
Men hozir ko’chaga chiqmoqchiman, dedi Xolms. Men bir soatdan keyin qaytaman. Xolms ketishi bilan men derazani oldiga o’tirib, kitobni o’qishga harakat qildim. Biroq men Morstan xonim haqida o’ylashdan to’xtamadim. Biz unga yordam bera olamiz deb umid qilgandim.
3
Kutilmagan uchrashuv
Yarim soat o’tgach, Xolms qaytdi. U nimadandir juda baxtiyor edi. Bugun omad kulib boqdi deb unga bir piyola choy uzatdi.
“Qanday yaxshi! Siz muammoni hal qildingizmi?”– ajablanib so’radim.
“Yo’q, yo’q. Biroq men qiziqarli bir narsa topdim”–Morstan xonim otasini Hindistona juda yaxshi do’sti borligini aytdi. Uning ismi Major Sholto edi.
Ha, Major Shalto ham armiyadan istefoga chiqqan, dedim men. Kapitan Morstan g’oyib bo’lganida, u Londonda yashayotgandi. Biroq u Morstanni Angliyada ekanligini bilmaydi.
Juda yaxshi, dedi Holmas. Men Times gazetasining idorasida bo’lganman. Men gazetaning eski nusxalarini ko’rib chiqdim va Major Shalto 1882 yil 28 aprelda vafot etganini bilib oldim.
Ehtimol men ahmoqdirman, Xolms. Biroq men bu kashfiyotni qiziq tomonini ko’rmadim.
Meni tingla, dedi Xolms. Kapitan Morstan g’oyib bo’lgan. Uni Londonda Major Shalto isimli do’sti bo’lgan. Biroq Major Shalto Kapitan Morstan ni Londonda bo’lganini bilmasligini aytdi.
To’rt yil o’tib, 1882 yil 28 aprelda Sholto vafot etdi. Bir necha kun o’tib yani 1882 yil 4 may Kapitan Morstanning qizi gazetadagi e’lonni ko’rdi. Keyin u juda qimmatli sovg’ani qabul qildi. Bu sovg’alar har yili kelgan. Nima uchun sovg’alar o’sha kuni keladi? Ular Sholtoning o’limiga aloqador bo’lishi mumkin.
Men haligacha hayronman. Biroq Shalto olti yil avval vafot etgan-ku dedim. Nima uchun Monstar xonim olti yil avvalgi maktubni bugun oldi? Maktubda unga haqiqatni gapirib berish haqida gap borardi. Bu nimani anglatadi?
Men umid qilamanki biz bugun kechqurun barcha savollarga javob topamiz Uatson, dedi Xolms. Tayyormisiz? Morstan xonim o’sha yerda.
Morstan xonim xonaga kirdi. U qora yengsiz yelkaga tashlaydigan kiyim va shlyapani kiyayotgandi. U qo’rqqanday ko’rindi, biroq uning chiroyli yuzi qorday oppoq bo’ldi. Men shlyapa va eng og’ir tayoqni oldim. Men Xolmsni qurolini tortmadan olib chontagiga qoyganini payqadim. Biz tezda taqsiga o’tirib Lyceum Theatre (Litsy Teatri) tomon yo’l oldik. Taxsida, Morstan xonim sumkasidan bir juft varog’ni oldi.
Janob Xolms, buni sizga ko’rsatishni unitibman. Bu yozuvni otamning chemadanidan (yukidan) topishgan. Juda qiziq. Buning ma’nosini tushinmadim. Ehtimol, u juda muhim emasdir, biroq men uni sizga ko’rsatishni xoxlayman.
Xolms maktubni ehtiyotkorlik bilan ochdi va tizzasiga yoydi. U cho’ntagidan kattalashtiruvchi lupani (shishani) oldi va qog’ozni tekshirdi.
U bu qog’ozni Hindistonda yozilganinini ta’kidladi. Bunga qara Uatson. Men bu qisqa maktubni oldim va uni diqqat bilan o’rgandim. Qog’oz juda ensiz va eski edi. Qog’ozda rasm chizilgan edi. Katta binoning rejasiga o’xshar ekan dedim. Kimdir bu binoda aniq joyni ko’rsatish uchun belgi qo’ygan. Biroq, bular nimaning pastgi qismi? Bu to’rtta belgining ma’nosi nima? Men bu qanday ma’no anglatishini tushunmadim, dedi Xolms. Biroq bu juda muhim bo’lishi mumkin. Men uni saqlab turaman.
U qaytib taxsiga o’tirdi. Monster xonim va men birga suhbatlashib ketdik. Biroq Xolms hech narsa demadi. Men uni nimanidir qattiq o’ylayotganini angladim (bildim).
Qorong’u tushayotgan ko’chadagi odamlar esa ishdan uyiga shoshayotgan edi. Men biroz qorquvni xis qildim. Biz Lyceum Theatre (Litsey Teatri) da qanday odam bilan uchrashishimiz kerakligini o’ylab qoldim.
Teatr tashqarisida ko’plab odamlar bo’lgan. Dosti bilan uchrashayotgan har bir kishi tomoshani ( o’yinni) ko’rish uchun kirdi. Maktubda biz chap tomonda turishimiz aytilgan edi. Biz kutdik. Birdaniga qorong’uda kichkina odam paydo bo’ldi. Siz Morstan xonim va uning do’stlarimisiz? deb so’radi u.
Ha, albatta dedi u ham.
Siz menga bu erkak kishilar militsiya xodimi emasligiga va’da bera olasizmi, dedi notanish kimsa.
Ular militsiyachi emas, deb javob berdi Monstar xonim.
Ular men bilan kelgan, dedi ayol.
U tezda ko’chaning narigi burchagiga o’tib boshqa taxsini eshigini ochdi. Biz ichkariga kirdik. Odam eshikni berkitdi va haydovchisining joyiga sakrab tushdi. Ot tezda harakatlandi.
Biz ko’p ko’chalarni kesib o’tdik va men bir zumda g’oyib bo’ldim. Menda qayergadir borish fikri yo’q edi. Meni asbiylashayotganimdan Monstor xonimning yuzlari oppoq bo’ldi. Sherlok Xolms biroz tinchlandi. Bizning haydovchimiz bizga qaramadi ham gapirmadi ham. Faqatgina otning oyog’ini tovushi eshtilayotgandi.
Nihoyat biz to’xtadik. Biz qorong’u sokin ko’chada uyning tashqarisida turardik. Faqat oshxona derazasidan kichik yorug’lik ko’rinardi. Ko’chadagi boshqa uylarning yoritgichi yo’q edi.
Biz eshikni taqillatdik. Hindistonlik xizmatkor darhol eshikni ochdi. U boshiga sariq rangli salla kiygan edi. Unda yana oq kiyimlar va sariq rangdagi kamar ham bor edi. Londondagi bunday sokin ko’chada bunday yorqin kiyimlarni ko’rish juda g’alati edi.
Xo’jayinim sizni kutmoqda, dedi xizmatkor.
U gapirganda,
biz uning ovozini eshitdik. Uy ichkarisidan, ularni meni oldimga olib kel,
degan ovoz eshitildi. Ularni to’g’ri meni oldimga olib kel.
[1] Hindiston yaqinidagi orol nomi
[2] Londondagi teatr nomi
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.