Qadrli va aziz yoshlar, talabalar hamda tashabbuskor tadqiqotchilar!
Sizlarni 30-iyun – Yoshlar kuni bilan samimiy muborakbod etamiz!

Bugungi kunda Yangi Oʻzbekistonda yoshlarning har tomonlama barkamol boʻlib voyaga yetishi, ularning intellektual salohiyati va innovatsion gʻoyalarini roʻyobga chiqarish davlat siyosatining eng ustuvor yoʻnalishiga aylangan.
Mamlakatimiz oliy ta’lim tizimida olib borilayotgan keng ko’lamli islohotlar ham aynan sizdek bilimga chanqoq, zamonaviy kasb-hunarlarni puxta egallayotgan va xalqaro maydonlarda Vatanimiz sharafini munosib himoya qilayotgan fidoyi yigit-qizlarga qaratilgan.
Ilm-fan va taʼlim maskanlarida egallayotgan chuqur bilimlaringiz, chet tillarini mukammal oʻrganishga boʻlgan intilishingiz va kreativ yondashuvlaringiz – ertangi kunimizning mustahkam poydevoridir.
Sizlarga mustahkam sogʻlik, cheksiz shijoat, sharafli va mas’uliyatli ta’lim yo’lida ulkan zafarlar tilaymiz!
