9-MAY – XOTIRA VA QADRLASH KUNI!

09.05.2026

Bugun – jasorat, matonat va fidoyilik timsoli bo‘lgan ota-bobolarimizni yodga oladigan, ularning mardona xizmatlarini qadrlaydigan ulug‘ kun.

Xotira – bu millat yuragining ovozi.

Bu kunda biz xalqimiz ozodligi uchun kurashgan qahramonlarni hurmat bilan eslaymiz.
Ularning jasorati – biz uchun ibrat maktabi. Urush yillarida halok bo‘lganlar yodi doimo yuragimizda.

Faxriylarimizga cheksiz tashakkur bildirib, ularning umr yo‘llari uzoq, sog‘liklari mustahkam bo‘lishini tilaymiz!

Yurt tinchligi – eng katta boylik!