Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida O‘zbekiston–Turkiya madaniy-adabiy aloqalariga bag‘ishlangan tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

“Moturidiyning tafakkur dunyosi” va “Yunus Emro devoni” asarlarining o‘zbekcha tarjimalari taqdim etildi.
Shuningdek, turk madaniyatiga bag‘ishlangan ko‘rgazma va “Turkiya–O‘zbekiston madaniy aloqalarida adabiy tarjimalarning kalit roli” mavzusida panel muhokamasi tashkil etildi.
Tarjima nafaqat so‘zlarni, balki ikki xalqning tarixi, tafakkuri va ma’naviyatini bog‘laydigan ko‘prik!
