“AIR PRODUCTS” SANOAT XAVFSIZLIGI AKADEMIYASINING OCHILISHI BO’LIB O’TDI
23.04.2026AQSH elchixonasi “Air Products” kompaniyasi va Toshkentdagi Amerika texnologiya universiteti bilan hamkorlikda O‘zbekistonda mehnat muhofazasi ta’limiga ixtisoslashgan ilk muassasa — “Air Products” sanoat xavfsizligi akademiyasining ochilishini nishonladi.
Akademiya o‘quv mashg‘ulotlari orqali O‘zbekiston sanoat sektorida xavfsizlik madaniyatini mustahkamlashni maqsad qilgan.



